2018 yil 6 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Kizil şahrida MDHga a'zo davlatlarning mudofaa vazirlari kengaşi navbatdagi yiğilişi bölib ötadi. Bu haqda taşkilotning Ijroiya qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yiğiliş kun tartibidagi loyihada 24ta masala bor. Xususan, Kengaş a'zolari Hamdöstlik mamlakatlarining 2020 yilgaça harbiy hamkorligi ustuvor yönalişlarini, «ArMI-2018» Armiya xalqaro öyinlarini ötkaziş va «Mintaqaviy xavfsizlik-2018» RQM birlaşgan tizimi qöşma kompyuterlaşgan qömondonlik-ştab maşğulotlari, jismoniy tayyorgarlik va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişni muhokama qiladi.
Yiğilişda, şuningdek, «Toza osmon-2018» havo hujumidan mudofaa qöşinlari qömondonlik-ştab tezkor-taktik maşqlarining ötkazilişi, uçuvçisiz aviatsiyadan foydalaniş sohasidagi özaro hamkorlik, gidrometeorologiya sohasida va Yagona davlat radiolokatsiya identifikatsiya tizimi sohasida hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.
Mudofaa vazirliklari rahbarlari MDH mamlakatlari qurolli kuçlarining qöşma (birgalikdagi) aloqa tizimi töğrisidagi, harbiy maqsadlarda foydalaniş uçun sun'iy yöldoş aloqa tizimlaridan foydalaniş va ularni yanada takomillaştiriş, geomakon ma'lumotlarni almaşiş sohasida hamkorlik töğrisidagi kelişuv loyihalarini körib çiqadilar.
Bundan taşqari, uçraşuvda MDH davlatlari Oliy harbiy-ta'lim muassasalari assotsiatsiyasi, 2017 yil uçun qurolli kuçlar aviatsiyasi parvozlari xavfsizligi holati, qator taşkiliy va moliyaviy masalalar körib çiqiladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a'zo davlatlarning mudofaa vazirlari Kengaşi 1992 yilda taşkil etilgan. Uning tarkibiga Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston, Özbekiston vakillari kiradi.












