Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda maktab direktorlari saylovini joriy etish taklif qilinmoqda
Foto: marifat.uz
Mening Fikrim portalida umumta'lim maktablari direktorlarini saylash taklif etilgan yangi murojaat paydo bo‘ldi.
«Maktab direktorlari maktab joylashgan hududda ta'lim va tarbiya uchun asosiy javobgar va mas'ul shaxslardan biri hisoblanadi. Ko‘p hollarda, garchi munosib bilim, tajriba va salohiyatga ega bo‘lmasa ham maktab direktorligi lavozimiga tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlari mudirlari o‘zlari istagan shaxslarni tayinlaganiga guvoh bo‘lamiz. Bu, albatta, farzandlarimizning tarbiyasida o‘zining natijasini ko‘rsatmay qolmaydi», - deya yozishgan murojaat mualliflari.
Xalq ta'limi vazirligi huzurida ko‘p yillik tajribaga ega, halol, faxrli pedagoglardan iborat tarkibda Kengash tuzish lozim. Bu, o‘z navbatida, Kengash tomonidan nomzodlarni ko‘rib chiqish va direktorlikka munosib nomzodni saylash imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi vaqtga qadar murojaatni 300dan ortiq kishi qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
19:21 / 01.01.2026
Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi
10:11 / 29.12.2025
Kosovo saylovlari: hukmron partiya g‘alaba qozondi
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
19:17 / 19.12.2025