Koch Industries neft-kimyo kompaniyasi egalaridan biri Çarlz Kox uning ukasi Devid Kox umumiy biznesni tark etayotgani hamda “Amerikaliklar farovonlik uçun” jamğarmasi rahbari lavozimidan ketayotganini ma'lum qildi. Çarlz Koxning aytişiça, ukasining soğliği jiddiy tarzda yomonlaşgan.

Çarlz Kox ukasi bilan aynan nima yuz berganini ma'lum qilmagan. Şunisi ma'lumki, Devid Koxga 1990-yillar boşida saraton taşxisi qöyilgan. U bu kasalni yenga olgandi.

Devid Kox akasi bilan Forbes naşrining joriy yildagi eng boy odamlar röyxatida 8-örinni egalladi. Uning boyligi 60 mlrd dollarga baholangan.

Aka-uka Koxlar AQŞ Respublikaçilar partiyasining boş homiylaridan hisoblanadi.

Koxlar oxirgi yillarda AQŞ siyosatiga tez-tez ta'sir qilib turişgan. Kompaniyaning sobiq xodimlari hozirda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida faoliyat yuritişadi.