Mening fikrim veb-portalida “Ta'lim” telekanalini oçiş haqida murojaat paydo böldi.

Har bir rivojlangan davlat yoşlarning intellektual salohiyatini oşirişga, ularni barkamol avlod etib tarbiyalaşga alohida e'tibor qaratgan. 

«Bugun mamlakatimizda yoşlarga ana şunday e'tibor berilmoqda. Barça imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugun yoşlarning ta'lim jarayonidagi muammolarini örganiş, ularning yutuqlarini ommalaştiriş, yoşlarning, ayniqsa uyuşmagan yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş maqsadida ta'lim va fan sohasiga oid telekanal taşkil etiş kerak», - deyiladi murojaat matnida.

Qayd etilişiça, telekanal öz faoliyatida onlayn (video) darslar, televiktorina va tanlovlar, aql çarxi, ilm-fan yutuqlari, yangi ixtirolar, noyob iqtidorli yoşlar, kuzatuvlar va ilmiy tadqiqotlar, buyuk allomalar va Nobel mukofoti sovrindorlari hayoti, ta'lim tizimidagi yutuq va kamçiliklar haqida körsatuvlar tayyorlaydi.