DW xabariga köra, Halk TV 14-oktabr kuni ertalab tahririyatga terrorizm, uyuşgan jinoyatçilik va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş bölinmalari xodimlari kirganini maʼlum qilgan.
Telekanal jurnalistlarining aytişiça, politsiya binoda tintuv boşlagan, xodimlar esa iş joylariga kiritilmagan.
Hukumat Halk TV’ga vaqtinça boşqaruvçi sifatida Turkiya Omonatlarni suğurtalaş jamğarmasini tayinlagan. Telekanal efiri ustidan nazorat ham uşbu tuzilmaga ötadi.
AP agentligi maʼlumotiga köra, prokuratura tintuvlar telekanal rahbari Jafar Mahiröğliga qarşi iş doirasida ötkazilayotganini bildirgan. U pora oliş, tenderlarda firibgarlik va pul yuvişda gumonlanmoqda.
Iş böyiça 17 kişini hibsga olişga order berilgan. Xabar eʼlon qilingan paytda ularning 11 nafari uşlangan.
Turkiyadan taşqarida bölgan Mahiröğli ayblovlarni «asossiz» deb atagan. U tahririyatdagi tintuv va telekanalning taşqi boşqaruvga ötkazilişini siyosiy sabablarga boğlagan. Şuningdek, uning aytişiça, yetti nafar qarindoşi ham uşlangan.
dpa agentligi Halk TV muxolifatdagi Respublika xalq partiyasiga yaqin hisoblanişi va prezident Rajab Toyyib Erdöğan hamda uning Adolat va taraqqiyot partiyasini muntazam tanqid qilib kelganini qayd etgan.
Bir yil avval Turkiyada boşqa bir muxolif telekanal - Tele1 ham vaqtinça taşqi boşqaruvga ötkazilgan edi. Uning boş muharriri Merdan Yanardag josuslik ayblovi bilan qamoqqa olingan, telekanal nazorati esa Omonatlarni suğurtalaş jamğarmasiga berilgan.












