Toşkent şahrining Sergeli tumanidagi «yoğoç uylar» deb ataluvçi joyda investorlarga yangi turar-joy majmuasini quriş taklif etiladi. Bu haqda bugun tuman hokimi Nozim Husanov ma'lum qildi.

Ötgan yili rasmiylar vaqtinçalik yoğoç uylarda yaşovçilarni köçirişni boşladi. Ular 1966 yildagi zilziladan keyin Toşkentni tiklaş uçun kelgan quruvçilarga möljallangan bölgan. Hokimning sözlariga köra, 408ta ikki qavatli binolarni ta'mirlaşdan heç qanday ma'no yöq. Joriy yilda yangi turar-joy majmuasini quriş uçun maydonni keng miqyosda tozalaş rejalaştirilmoqda.
 
«Bu tuman orqali metro liniyasi ötadi. Qandaydir ta'mirlaş işlarini bajariş mantiqsiz. Binolar 1968 yilda qurilgan, şuning uçun biz konsepsiyani işlab çiqyapmiz. Biz uçastkalarni lotlarga ajratamiz va ularni investorlarga taklif qilamiz. Mahalliy aholi sonidan kelib çiqiş kerak, bu ularni yangi uy-joyga köçiriş uçun kerak», - deydi Husanov. 

Ozod böladigan uçastkalarda investor hali tugallanmagan konsepsiya böyiça boşqa yuqori qavatli binolarni qura oladi. «Investorlarga talab böladi, ijtimoiy obektlar ham bölişi kerak: bolalar boğçalari, maktablar, sport inşootlari», - deydi hokim.

«Biz sarmoyadorlar uçun tender e'lon qilamiz. Ular bizga tijorat takliflarini berişi mumkin. Masalan, aholiga xizmat körsatişni rivojlantiriş, yangi iş joylarini yaratiş mumkin. Bunday investorlarning afzalliklari böladi. Biz hali hisob-kitoblarni amalga oşirişimiz kerak, qança uylarni qurişimiz kerakligi körib çiqiş lozim hamda investorlar uçun aniq takliflar beriladi. Buni şu yil boşlaymiz, endi çözib ötiriş kerak emas», - deya qöşimça qildi Husanov. 

Eslatib ötamiz, avvalroq hokim Sergeli avtomobil bozorini şahardan taşqariga köçirişga qarşi ekani xabar qilingandi.