Toşkent şahrining Qatortol va Muqimiy köçalari çorrahasi, xalq orasida “Sport tovarlari” nomi bilan maşhur çorraha qayta oçildi. Ma'lumki, Nurafşon köçasi Muqimiy köçasi bilan tutaştirilganidan keyin mazkur çorraha yopilgan va uzluksiz aylanma harakat yölga qöyilgan edi. Bu esa, avtomobillar va fuqarolar harakatlanişida noqulayliklarga sabab böldi.
2018 yil 7 iyun sanasidan e'tiboran uşbu çorraha qayta oçilib, avtomobillar harakati yölga qöyildi. Bu çorraha oçilişi haqida avval ham xabar qilingan edi.



Eslatib ötamiz, sönggi yillarda Toşkent şahrida avvallari yopilgan bir neça köçalar avtomobillar qatnovi uçun oçilgan edi. Xususan, yaqinda Matbuotçilar va Istiqlol köçalarida avtomobilda harakatlaniş tiklangandi.











