Özbekiston va Qozoğiston «Toşkent-Çimkent» savdo yölagi uçun transport-logistika qöşma korxonasini taşkil etadi. Bu haqda «Qozoğiston taraqqiyot banki» matbuot xizmati xabar bergan.

«Çimkent-Toşkent savdo-iqtisodiy yölagini rivojlantiriş maqsadida Qozoğiston-Özbekiston transport-logistika qöşma korxonasini (bundan keyin QK) taşkil etiş rejalaştirilgan. Uşbu qöşma korxona doirasida, xususan, yuk taşiş uçun «yaşil yölak» taşkil etilişi kutilmoqda. Bunda yiliga 250-400 ming tonna taşuv hajmi bilan har ikki mamlakatning logistika markazlarida xizmat körsatiladi», - deyiladi xabarda.

«Qozoğiston taraqqiyot banki» aksiyadorlik kompaniyasi moliyalaştirişi bilan 2017 yil oxirida foydalanişga topşirilgan Çimkentdagi «A» sinfida bölgan transport-logistika markazda joriy yil oxirigaça yarim million tonnagaça yukni qayta işlaş rejalaştirmoqda, bunda omborxona 80 foizga töldiriladi.

«TLM Janubiy Qozoğiston oblastiga Özbekiston, Qirğiziston, Tojikistondan Rossiyaga va aksinça yönalişdagi tranzit bilan kiruvçi tovarlarni bojxona rasmiylaştiruvi va saqlaş nuqtasi vazifasini ötaydi. Bugungi kunda TLMda 1500dan ortiq palletlar va ösimlik mahsulotlari, şakar, parranda göşti va konserva mahsulotlari, jumladan, Qozoğiston Barqarorlaştiriş jamğarmasining zaxiralari saqlanmoqda», - deyiladi xabarda.