2018 yil 7 iyun kuni Boş prokuraturada Özbekiston Respublikasi prezidenti raisligida 2018 yil 5 iyun kuni ötkazilgan videoselektor majlisi Bayoni ijrosi yuzasidan mamlakatimizda quriliş materiallari işlab çiqariş hajmini oşiriş va narxlarni barqarorlaştiriş böyiça videoselektor majlisi bölib ötdi. Bu haqda mahkama axborot xizmati xabar bergan.
Majlisda boş prokuror, Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimlari, tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari, Boş prokuratura xodimlari, Iqtisodiy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş Departamenti boşliği, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari, Toşkent şahar, viloyat hokimlarining örinbosarlari, viloyat prokurorlari va Departamentning viloyat boşqarmalari boşliqlari, tegişli idoralar rahbarlari va mas'ul xodimlari iştirok etdi.
Majlis iştirokçilari tomonidan joriy yilning 5 iyun kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida quriliş materiallari narxining asossiz ravişda oşib borayotganligi, quriliş materiallariga bölgan haqiqiy ehtiyojning aniq emasligi ta'kidlangani ma'lumot uçun qabul qilindi.
Majlisda zamonaviy Tashkent va Samarqand city, Nurafşon şahri, Toşkent xalqaro aeroporti, Toşkent halqa yöli, Yunusobod metro liniyasi, Toşkent va boşqa şaharlardagi önlab köpriklar, namunaviy uy-joylar, xususan xizmat uylari, kam ta'minlangan oilalar uçun uy-joylar qurilişini hisobga olgan holda quriliş materiallari işlab çiqariş hajmini oşiriş va narxlarni barqarorlaştiriş masalasining dolzarbligi va strategik muhimligi qayd etib ötildi.
Uşbu va boşqa quriliş obektlarining barpo etilişi katta hajmdagi quriliş materiallari işlab çiqarilişi va içki bozorda bölişini taqozo etadi. Biroq, oxirgi vaqtda quriliş materiallariga bölgan talabning keskin köpayişi, mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan işlab çiqariş quvvatlaridan töliq foydalanilmayotgani, quriliş materiallari işlab çiqarilişida zarur bölgan gaz va elektr energiyasi tariflari oşgani hamda bir qator boşqa sabablar quriliş bozorida narxlar ösişiga olib keldi.
Misol uçun, respublika böyiça joriy yilning may oyida quriliş materiallarining narxlari 2017 yil dekabr oyiga nisbatan umumiy hisobda 15,6 foizga, ötgan yilning şu davriga nisbatan esa 26,3 foizga oşgan.
Bugungi kunda respublikada faoliyat yuritayotgan quriliş materiallari işlab çiqaruvçi 7 316 ta tadbirkorlik sub'yektlarining 5 145 tasi, ya'ni 70 foizi mavjud işlab çiqariş quvvatlaridan töliq foydalanmayapti.
Majlisda quriliş materiallari içki bozorida yuzaga kelgan salbiy vaziyat sababi bölgan ayrim kamçiliklarga yöl qöyilganligi tanqid qilinib, tegişli davlat organlari, idoralari va taşkilotlari rahbarlarining tuşuntirişlari eşitildi.
Majlis yakuni böyiça iştirokçilar tomonidan mamlakatimizda quriliş materiallari işlab çiqariş hajmini oşiriş va quriliş materiallarining eng muhim turlariga (sement, pişiq ğişt, oyna, taxta-yoğoç, metalloprokat va boşqalar) bölgan narxlarni barqarorlaştirişga, quriliş materiallarining narxlari ösişiga olib kelgan sabab va şart-şaroitlarini bartaraf etişga qaratilgan aniq çoralar belgilandi.












