Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpoğistonga taşrifi çoğida "Nukus-Remmaş" MÇJga qaraşli bino va obektlarni rekonstruksiyalaş va qöşimça binolarni quriş hisobidan maişiy texnika qurollarini işlab çiqariş korxonasini quriş böyiça bir qator körsatma va topşiriqlar bergan edi.
Kruz.uz’ning ma'lum qilişiça, natijada "Samsung-Nukus" korxonasida 2017 yilning aprel-oktabr oylarida qayta quriliş va ta'mirlaş işlari amalga oşirildi. Buning uçun 14 mlrd söm, uskunalar uçun 19 mlrd söm sarflandi. Jami kiritilgan investitsiya 33 mlrd sömni taşkil etdi.
Ötgan yilning 14 oktabr sanasida korxona dastlabki mahsulotlarini işlab çiqara boşladi. 15-16 dekabr kunlari esa Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonga taşrifi vaqtida korxona faoliyati bilan tanişgan edi.
Bugungi kunda korxonada bir kunda 4 turdagi 400 televizor va 13 turdagi 900-1000 dan ortiq çangyutgiç işlab çiqarilmoqda.












