Singapur Taşqi işlar vazirligi AQŞ prezidenti Donald Tramp va Singapur boş vaziri Li Syanlunning özaro uçraşuvi yakunlari böyiça bayonot bilan çiqdi. Unda aytilişiça, yetakçilar muzokara davomida iqtisodiyot, xavfsizlik va mudofaa sohalaridagi özaro aloqalarni muhokama qilgan. 

«Boş vazir Li va prezident Tramp mintaqa hamda jahondagi qator hodisalar böyiça samarali munozara olib bordi. Har ikki yetakçi ham Singapur va AQŞ örtasida iqtisodiy, mudofaa va xavfsizlik sohalarida ajoyib munosabatlar şakllanganini ta'kidlab ötdi», - deyiladi bayonot matnida.

Şuningdek, qayd etilişiça, Tramp boş vazir Liga AQŞ va Şimoliy Koreya sammitini taşkil etgani hamda ötkazayotgani uçun minnatdorlik bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In Trampga taklif bilan çiqqani xabar qilingandi.