Milliy basketbol uyuşmasining sobiq yulduzi, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan bir neça bor uçraşgan Dennis Rodman Kimni AQŞga taşrif buyurişni va öz xalqiga farovon hayotni ta'minlaşni orzu qiluvçi katta bolaga qiyosladi.

Ayni vaqtda Singapurda bölgan Rodmandan Kim Çen In qanday odam ekanligini sözlab berişni söraşganda uni çiroyli hayotga intiluvçi katta bola deb atagan. Uning fikriça, Kim öz xalqini va öz şa'nini himoya qilişga harakat qiladi.
“Bu yigit dunyo böylab kezişni, AQŞga kelişni va hayotdan lazzat olişni istaydi. U, şuningdek, xalqi ham hayotdan bahra olişini istaydi”, deb qöşimça qilgan Rodman.
Rodmanning aytişiça, Kimning AQŞga heç qanday adovati yöq. “U amerikaliklarni yaxşi köradi, AQŞga borişni, basketbol uçraşuvini körişni istaydi”, deb aytgan sobiq basketbolçi.
Kim Çen In basketbolga muxlislik qilişi bilan tanilgan. Rodman oxirgi yillarda bir neça bor Şimoliy Koreyaga taşrif buyurgan.
Rodman, şuningdek, Donald Tramp va Kim Çen Inning uçraşuvini ijobiy baholadi.











