The Wall Street Journal (WSJ) naşrining 18-avgust kuni amerikalik amaldorlarga tayanib xabar berişiça, Donald Tramp kuzda Kim Çen In bilan yana muzokaralar stoliga ötiriş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Naşr manbalariga köra, uçraşuv noyabr oyida Trampning ATES sammitidagi iştiroki vaqtida taşkil etilişi mumkin. Biroq hozirça Vaşington va Pxenyan örtasida sammitni ötkaziş böyiça rasmiy tayyorgarlik boşlanmagan.
Tramp avvalroq AQŞ va Janubiy Koreya örtasidagi qöşma harbiy maşğulotlar kölamini qisqartirişini ma’lum qilgan, şuningdek, Kim Çen Inga tinçlik kelişuviga erişişni taklif etgan.
Yadroviy muzokaralar nega töxtab qolgan?
Tramp va Kim Çen In AQŞ prezidentining birinçi prezidentlik muddati davrida uç marta yuzma-yuz uçraşgan. Tomonlar örtasidagi asosiy muzokaralar Şimoliy Koreyani yadrosizlantiriş masalasiga qaratilgan edi.
2018-yil iyun oyida Singapurda ötkazilgan ilk sammit ikki davlat munosabatlarida tarixiy voqea sifatida baholangan. 2019-yil fevralda Xanoyda ikkinçi sammit bölib ötdi. Ammo uşbu muzokaralar sanksiyalarni yumşatiş va Şimoliy Koreya yadro infratuzilmasini qisqartiriş şartlari böyiça kelişmovçiliklar sabab natijasiz yakunlandi.
Tramp va Kim 2019-yil iyunida Koreya yarimorolidagi demilitarizatsiya qilingan hududda yana uçraşdi. Şunga qaramay, keyinçalik yadrosizlantiriş böyiça muzokaralarda jiddiy siljiş kuzatilmadi.
WSJ qayd etişiça, muzokaralar töxtab qolgan davr mobaynida Şimoliy Koreyaning yadroviy imkoniyatlari sezilarli darajada oşgan.
Stenford universitetining Xavfsizlik va xalqaro hamkorlik markazi eksperti Jeffri Lyuisning fikriça, Pxenyan ixtiyoridagi yadroviy qurollar soni hozir bir neça yuztaga yetişi mumkin.
Mutaxassis bunday bahoni Şimoliy Koreya namoyiş qilgan yuzlab raketa uçiriş qurilmalari, şuningdek, mamlakatda plutoniy va yuqori darajada boyitilgan uran işlab çiqariş hajmi oşib borayotgani bilan izohlagan.
Tramp avval ham Kim bilan uçraşişga uringan
2025-yilda ham Donald Tramp Osiyoga safari davomida Kim Çen In bilan muzokara ötkaziş istagini bildirgan edi.
Amerikalik amaldorlarning aytişiça, öşa paytda Pxenyan ham uçraşuvga tayyor ekanini bildirgan. Biroq sammitni qisqa vaqt içida taşkil qiliş imkoni bölmagan.













