Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomga köra, YPX xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari qonuniylik, odillik, tenglik, ayb uçun javobgarlikning muqarrarligi, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etiş hamda uşbu huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni hurmat qiliş prinsiplariga asoslanadi.

YPX xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga köra töxtatilişi mumkin:

haydovçi tomonidan yöl harakati qoidalarining buzilişi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;

transport vositasi qidiruvda ekanligi, haydovçi yoki yölovçilarning yöl transport hodisasi va boşqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi töğrisida ma'lumotlar mavjud bölganda;

yöl transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini körgan haydovçi yoki yölovçilardan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritiş zaruriyati yuzaga kelganda;

vakolatli davlat organlari yoki mansabdor şaxslarning harakatni çeklaş yoki taqiqlaş böyiça körsatmalarini bajariş jarayonida;

yöl harakati qatnaşçilari yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarining xodimlariga yordam körsatiş zaruriyati yuzaga kelganda;

transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniş zaruriyati yuzaga kelganda (çet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boşqa vakolatxonalariga, xalqaro taşkilotlarga tegişli bölgan transport vositalari hamda maxsus möljallangan transport vositalari bundan mustasno);

maxsus tadbirlarni ötkaziş jarayonida;

foydalaniş va boşqariş huquqini beruvçi, şuningdek transport vositasi va olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekşiriş zaruriyati yuzaga kelganda (maxsus va harbiy yuklar, bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilib, bojxona xizmat tomonidan plombalangan yuklar bundan mustasno).

YPX xodimlari tomonidan boşqa asoslarga köra transport vositalari töxtatilişi taqiqlanadi.

YPX xodimlarining işoralari yöl harakati qatnaşçilariga tuşunarli bölişi va öz vaqtida berilişi lozim.

YPX xodimlari tomonidan haydovçi transport vositalari hujjatlarni tekşiriş uçun töxtatilganda, faqat hujjatlarni tekşiriş jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar böyiça qonun hujjatlarida belgilangan tartibda çora köriladi.

Transport vositasi haydovçisi tomonidan Qoidalarning buzilişi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda, YPX xodimi haydovçiga dastlab aynan sodir etgan qoidabuzarligini tuşuntirib, şundan söng hujjatlarni tekşirib, tegişli çoralarni köradi.

Haydovçi töxtatilganida MADX – ADXdan YPX xodimi aynan u töxtatilgan hududda dislokatsiyaga asosan xizmat ötayotganligi haqida ma'lumot olişi mumkin. YPX xodimi haydovçining talabiga köra, MADX – ADXning telefon raqami haqida ma'lumot beradi. Bunda YPX xodimining xizmatni ötaş vaqtidagi töliq dislokatsiyasi haqida batafsil ma'lumot berilmaydi.

YPX xodimining dislokatsiyasi uşbu xodim xizmat olib borayotgan Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi örinlarda DYHXX deb ataladi) saf bölimi (bölinmasi) boşliğida saqlanadi va zarur hollarda haydovçining talabiga binoan tanişib çiqiş uçun körsatilişi mumkin. Dislokatsiyadan nusxa berilmaydi.

YPX xodimlari tomonidan maxsus tadbirlarni ötkaziş jarayonida transport vositalari töxtatilganda, yöl harakati qatnaşçisiga maxsus tadbirning aynan nima maqsadda ötkazilayotganligi hamda töxtatiş sababi haqida tuşuntiriş beriladi.

Maxsus tadbirlar Özbekiston Respublikasining Içki işlar vaziri, Içki işlar vazirligi yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi, hududiy içki işlar organlari boşliqlari, hududiy DYHXX rahbarlari tomonidan tasdiqlangan yoki özaro kelişilgan reja asosida ötkazilişi mumkin.

Yöl-harakati qatnaşçisi maxsus tadbirlarni haqiqatda tasdiqlangan reja asosida ötkazilayotganligi haqida MADX – ADX telefon qiliş yoki uşbu xodim xizmat olib borayotgan DYHXX saf bölimi (bölinmasi) boşliğiga murojaat qiliş orqali ma'lumot olişi mumkin.

Yöl harakati qatnaşçilariga maxsus tadbirlarning ötkaziliş maqsadi, transport vositasini töxtatgan YPX xodimi maxsus tadbirda iştirok etgan yoki etmaganligi, transport vositasi töxtatilgan hududda maxsus tadbir ötkazilganligi haqida ma'lumot beriladi. Maxsus tadbirning şartli nomlanişi, töliq mohiyati hamda kölami haqida ma'lumot, şuningdek maxsus tadbirning ötkazilişiga asos bölgan hujjatlardan körsatilmaydi, ulardan nusxalar berilmaydi.

Yöl harakati qatnaşçisi uni töxtatgan YPX xodim xizmat olib borayotgan DYHXX saf bölimi (bölinmasi) boşliğiga murojaat qilganda, murojaat muallifiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan javob xati beriladi.

YPX xodimlari öz xizmat vazifalarini bajarişda quyidagi huquqlarga ega:

mazkur Nizomning 6-bandida körsatilgan holatlarda transport vositasini töxtatiş hamda uni boşqariş va undan foydalaniş huquqini beruvçi hujjatlarni, transport vositasiga, şuningdek taşilayotgan yuklarga oid hujjatlarni tekşiriş;

haydovçi yoki yukni kuzatib borayotgan şaxs bilan birgalikda transport vositasini va yuklarni taşqi közdan keçiriş;

yöl harakati qatnaşçilarining hujjatlarini tekşiriş maqsadida elektron ma'lumotlar bazasidan foydalaniş;

yöl transport hodisasi va boşqa huquqbuzarlikning sodir etilganligini guvohi bölgan  yöl harakati qatnaşçilarini aniqlaş;

taşkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniş (çet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boşqa vakolatxonalariga, xalqaro taşkilotlarga tegişli bölgan transport vositalari hamda maxsus möljallangan transport vositalari bundan mustasno);

transport vositasining dvigatel agregat va qismlari raqamlarini röyxatlaş hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan haydovçining bevosita iştirokida soliştiriş (haydovçining iştirokini ta'minlaş imkoni bölmagan holatlar bundan mustasno);

transport vositasini ta'qib qiliş;

transport vositasini kuzatiş;

jinoyat sodir etganligi uçun qidiruvda bölgan şaxslarni uşlaş;

jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan şaxslarni, bölgan, transport vositasida huquqbuzarlik sodir etilib, hodisa joyidan yaşiringan, qonuniy talabga böysunmagan, şuningdek Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi (keyingi örinlarda MJtK deb ataladi) 291-moddasi birinçi qismi «a» bandiga köra, transport vositalarining haydovçilari uşbu Kodeks 125-moddasining uçinçi, beşinçi va oltinçi qismlarida, 125-1-moddasining ikkinçi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining ikkinçi qismida, 128-6-moddasida (agar transport vositasining haydovçisi bölmasa va töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarining buzilişi yöl harakati iştirokçilarining harakatlanişiga xalaqit bersa), 131, 135, 135-1-moddalarida, 136-moddasining birinçi va ikkinçi qismlarida, 137, 176-3-moddalarida, 194-moddasida (militsiya xodimining transport vositasini töxtatiş töğrisidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, şuningdek qonun hujjatlarida töğridan-töğri nazarda tutilgan boşqa hollarda transport vositalarini uşlaş;

alkogolli içimlikdan, giyohvand modda ta'siridan yoki özgaça tarzda mast holda (keyingi örinlarda ¬ mast holda deb ataladi) bölgan, transport vositasini boşqariş uçun tegişli hujjatlari bölmagan, ruhiy holati yoki soğliği transport vositasini boşqarişga tösqinlik qilişi mumkin bölgan, nosoz transport vositasini boşqarayotgan şaxslarni, şuningdek MJtKning 291-moddasi birinçi qismi birinçi bandida nazarda tutilgan holatlarda transport vositasini boşqarişdan çetlaştiriş, transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi hujjatlarini olib qöyiş, transport vositalarini saqlab turiladigan joyiga qöyiş uçun olib boriş;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bölganda, jismoniy kuç işlatiş, maxsus vositalarni va öqotar qurolni qöllaş.

YPX xodimlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.

Quyidagi holatlarda YPX xodimi haydovçi yoki yölovçilardan transport vositasining kabinasidan çiqişini talab qilişga haqli:

transport vositasining texnik nosozligi va yuk taşiş qoidasi buzilganligini bartaraf etiş maqsadida;

haydovçi transport vositasini mast holda boşqarayotgan deb hisoblaşga yetarli asoslar mavjud bölganda;

transport vositasining dvigatel agregat va qismlari raqamlarini röyxatlaş hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan haydovçining bevosita iştirokida soliştiriş maqsadida;

transport vositasi yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekşiriş zaruriyati yuzaga kelganda;

haydovçi yoki yölovçi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda yoki uni transport vositasini boşqarişdan çetlaştiriş zaruriyati yuzaga kelganda;

haydovçining transport vositasi kabinasida bölişi yöl harakati xavfsizligini ta'minlaşga tahdid solişi mumkin bölgan hollarda (haydovçining ruhiy holatiga, yoşiga, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yöl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi çarçoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boşqara olişiga şubha bölganda va b.).

Jismoniy nuqsoni sababli haydovçining transport vositasi kabinasidan çiqiş imkoniyati çeklangan holatlar bundan mustasno.

YPX xodimlari öz xizmat vazifalarini bajarişda quyidagilarga majbur:

xizmat vazifalarini faqat mobil kameralardan foydalangan holda olib boriş;

vizual kuzatuv hamda maxsus moslamalardan foydalangan holda qoidalar buzilganligini aniqlaş;

yöl harakati qatnaşçisini töxtatganidan keyin uning oldiga borişi, özini taniştirişi, lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma'lumot berişi, uning talabiga köra kökrak nişon belgisini ma'lum qilişi va xizmat guvohnomasini oçiq holda (bunda YPX xodimi tomonidan xizmat guvohnomasini yöl qatnaşçisi ixtiyoriga beriş taqiqlanadi) körsatişi;

yöl harakati qatnaşçilariga mobil kameradan foydalanayotganligini ma'lum qilişi va kelgusida noqonuniy harakatlar sodir etsa, aybini isbotlaş uçun video yozuvdan foydalanişi mumkinligi haqida ogohlantirişi;

har qanday vaziyatda yöl harakati qatnaşçilari bilan vazmin, xuşmuomala, odobli va e'tiborli bölişi, ularga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilişi, yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilişi;

yöl harakati qatnaşçilariga ularni töxtatiş sababini, sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan aniq, lönda tuşuntirişlar berişi;

şaxsni mast holda deb hisoblaşga asoslar mavjud bölgan taqdirda, uning transport vositasini boşqarişdan çetlatilişini hamda mastlik holatini aniqlaş uçun belgilangan tartibda tekşiruvdan ötkazilişini ta'minlaşi;

zarur hollarda, yöl harakati qatnaşçilarining harakatini çeklaşi yoki taqiqlaşi;

Qoidalarni buzgan şaxsga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştiriş çoğida unga huquq va majburiyatlarini tuşuntirişi;

huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq öz vaqtida tegişli çoralarni körişi;

huquqbuzarliklarning oldini oliş, ularni sodir etilişining sabab va şart-şaroitlari aniqlaşi hamda ularni bartaraf etiş çoralarini körişi;

yöl transport hodisasi sodir bölgan joy holatini özgartiriş, dalillarni yöqotiş yoki yöq qilinişining oldini oliş maqsadida hodisa joyini örab oliş çoralarini körişi;

huquqbuzarlikdan yoki baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga, hayoti (soğliği) xavf ostida qolgan şaxslarga, tibbiy yordamga muhtoj bölgan yöl harakati qatnaşçilariga hamda yöl transport hodisasi oqibatida şikastlangan transport vositalarini belgilangan joyga olib borişda fuqarolarga yordam körsatişi;

öziga xizmat yuzasidan biriktirilgan transport vositasi, kökrak nişon belgisi, aloqa vositasi va maxsus moslamalarni yaroqli holatda saqlaşi, maxsus moslamalardan maqsadli va faqat xizmat yuzasidan foydalanişi;

ruxsat etilmagan, sertifikatiga ega bölmagan, sertifikatining amal qiliş muddati tugagan yoki belgilangan tartibda içki işlar organlari hisobida mavjud bölmagan maxsus moslamalardan foydalanmasligi;

belgilangan harakat tezligini oşirib Qoidalarni buzgan haydovçini maxsus moslamaning körsatkiçlari bilan taniştiriş, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (yoki uning nusxasi)ni körsatişi;

jismoniy kuç işlatilganligi va maxsus vositalar qöllanganligi natijasida jismoniy şaxslarning hayotiga, soğliğiga, şuningdek ularning, şu jumladan yuridik şaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, şuningdek öqotar qurolni qöllanilgan barça hollar töğrisida özining bevosita boşliği hamda nazorat qiluvçi prokurorga darhol xabar berişi;

yöl harakati qatnaşçilariga yuqori turuvçi organ (mansabdor şaxs) yoki sudga şikoyat qiliş huquqini tuşuntirişi şart.

YPX xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan boşqa majburiyatlarni ham bajaradi.

YPX xodimi tomonidan yöl harakati qatnaşçisini asossiz hamda uzrli sabablarsiz töxtatib turişi taqiqlanadi.

YPX xodimi yöl harakati qatnaşçisini töxtatganda yoki u tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlikni rasmiylaştiriş jarayonida holatga dahldor bölmagan hamda qonun hujjatlarida belgilangan vakolatga ega bölmagan şaxslarga tuşuntiriş berişga majbur emas.

Yöl harakati qatnaşçilari YPX xodimlari bilan özaro munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega:

YPX xodimi tomonidan töxtatiş sababini, Qoidalarning qaysi bandini (bandlarini) buzganligi töğrisida tuşuntiriş berişni talab qiliş;

transport vositasini töxtatgan YPX xodimidan özini taniştirişi va xizmat guvohnomasini körsatişini hamda kökrak nişon belgisini ma'lum qilişini talab qiliş;

xizmatni mobil kamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik;

YPX xodimi bilan özaro munosabatini öziga tegişli audio, foto va video qurilmaga qayd qiliş (YPX xodimi tomonidan qonun hujjatlarida alohida tartib belgilangan hudud va obektlar yaqinida xizmat olib boriş holatlari bundan mustasno).

mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holatlardan taşqari, transport vositasi kabinasidan tuşmasdan, YPX xodimiga hujjatlarni taqdim qiliş;

sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanişiş;

huquqbuzarlik holatini aniqlaşda foydalanilgan maxsus vositalarning sertifikatlari (yoki ularning nusxasi)ni körsatilişini talab qiliş;

huquqbuzarlik holati yuzasidan tuşuntirişlar beriş;

uzrli sabablarsiz töxtatib turilmasligini talab qiliş;

YPX xodimlari tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni taşqi közdan keçiriş jarayonida iştirok etiş;

ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilgandan söng, özi töxtatilgan hududda YPX xodimining xizmat olib borişi mumkinligi (dislokatsiyasi) yoki maxsus tadbirlarni ötkazilayotganligi haqida markaziy axborot dispetçerlik xizmati (keyingi örinlarda MADX deb ataladi) – axborot dispetçerlik xizmati (keyingi örinlarda ¬ ADX deb ataladi)dan qisqa ma'lumot oliş;

ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilganidan söng, YPX xodimining dislokatsiyasi saqlanayotgan saf bölimi (bölinmasi) boşliğidan dislokatsiyani körsatişini talab qiliş;

öziga nisbatan rasmiylaştirilgan ma'muriy bayonnoma, ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş hujjatlari bilan tanişiş, ulardan öz hisobidan nusxa oliş;

YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, huquqbuzarlik böyiça rasmiylaştirilgan bayonnoma hamda çiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvçi organ (mansabdor şaxs)ga yoki sudga şikoyat qiliş;

Yöl harakati qatnaşçilari qonun hujjatlarida belgilangan boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.

Yöl harakati qatnaşçilari YPX xodimlari bilan özaro munosabatlarda quyidagilarga majbur:

YPX xodimining qonuniy talablariga böysunişi va ularni bajariş;

transport vositasini boşqarişda belgilangan hujjatlarni (transport vositasini qayd etiş guvohnomasi, haydovçilik guvohnomasi va ogohlantiriş talonini, suğurta polisi, yuk hujjatlari), şaxsini tasdiqlovçi (haydovçi transport vositasini haydovçilik guvohnomasisiz boşqargan hollarda)hujjatlarni YPX xodimlari talab qilganda tekşiriş uçun taqdim etiş;

özi guvohi bölgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy ma'lumotni bayon qiliş;

YPX xodimiga sovğa, moddiy qimmatliklar taklif qilmasligi yoki boşqa şaklda manfaatdor etişga qaratilgan harakatlarni amalga oşirmasligi;

mansab vakolatini suiiste'mol qilgan holda xizmat guvohnomasini körsatmaslik (qonun hujjatlarida sodir etgan qoidabuzarligi uçun ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirişning alohida tartibi belgilangan şaxslar bundan mustasno);

yöl harakatining boşqa qatnaşçisi hamda YPX xodimi örtasidagi özaro munosabatga xalaqit bermasligi şart.

Yöl harakati qatnaşçilari qonun hujjatlariga muvofiq boşqa majburiyatlarni ham bajaradi.