Kabelli televideniye tarmoqlarida namoyiş etiluvçi Rossiya telekanallarida JÇ-2018 translyatsiyasi öçirib qöyilganligi Özbekiston ijtimoiy tarmoqlarida juda katta norozilik keltirib çiqarmoqda.

Ijtimoy tarmoqlarda norozi mazmunda öz fikrlarini bildirayotgan rusiyzabon aholining asosiy e'tirozlari — Mundial translyatsiyasini Özbekistonda körsatiş huquqini qölga kiritgan “ÖzReport TV”da translyatsiya sifati past ekanligi, Rossiya telekanallari orqali barça Full HD formatda jahon çempionati translyatsiyasini kutganligi, boz ustiga, “ÖzReport TV” şarhlovçilari muxlislarning talabiga javob bermasligidan iborat.

Biroq, şuni unutmaslik kerakki, “ÖzReport TV” Mundial jonli translyatsiyasini Özbekistonda namoyiş etiş huquqini xarid qila turib, xarajatlarini reklamadan çiqarib olişni möljallagan. Agar boşqa telekanallar ham bemalol namoyiş etaversa, telekanal xarajatlarini qanday qoplaydi?

Boz ustiga, öşa aytilayotgan Rossiya telekanallari ham translyatsiyani faqat Rossiya Federatsiyasi hududida amalga oşiriş böyiça şartnoma imzolagan. MDH davlatlari hududida emas.

Özbekiston hududida turli kanallar translyatsiya qilişi mumkin bölganida MTRK va jumladan Sport TV ham translyatsiya huquqini sotib olgan, JÇ-2018 uçraşuvlari parallel ravişda UzHD kanali orqali yuqori sifatda namoyiş etilgan bölmasmidi?!

Yodingizda bölsa, Rossiyaning «Perviy kanal-SNG» degan MDH davlatlari uçun möljallangan alohida kanali bor. Bu kanalda asosiy kanaldagi töğridan-töğri translyatsiyalar amalga oşirilmaydi, ayrim lisenzion filmlar namoyiş etilmaydi.

Yoki Sports.ru internet-saytini oling. U yerdagi ayrim videolavhalarni Özbekiston hududidan turib oçmoqçi bölsangiz — «videokontent sizning mamlakatingiz hududi uçun xarid qilinmagan», degan yozuvga duç kelasiz.

Bu holatda ham aynan şunday vaziyat yuz bermoqda. Kim translyatsiya huquqini xarid qilgan bölsa, öşa daromad köriş uçun öz huquqlarini mamlakat hududida himoya qilişga haqli. Qonunlarimiz şuni taqozo etadi. Bunga böysunmagan ayrim kabelli kanallar esa qonunçilik me'yorlarini buzgan hisoblanişadi va “ÖzReport TV” bemalol ularni sudga berişi mumkin.