Hindiston hukumati mahalliy telekanallarga Ukrainadagi vaziyat hamda Nyu-Dehlidagi elatlararo töqnaşuvlarni yoritişda notöğri va provokatsion ma’lumotlar tarqatişdan tiyilişni tavsiya qildi. Bu haqda mamlakat axborot vazirligi ma’lum qildi.

"Axborot vazirligi xususiy yangiliklar telekanallariga yolğon ma’lumotlar va şov-şuvli sarlavhalardan foydalanmaslikni tavsiya qildi. Tavsiya xususan, Rossiya-Ukraina nizosi va Dehli şimoli-ğarbidagi voqealarga taalluqli", - deyiladi vazirlik tomonidan. 

Ma’lumot berilişiça, "Ukrainadagi nizo bilan boğliq vaziyatda telekanallar axborotga aloqasi bölmagan şov-şuvli sarlavhalardan foydalangan, jurnalistlar esa asossiz va yolğon ma’lumotlarni tarqatgan". 

Dehlidagi töqnaşuvlar borasida esa "ayrim kanallar yangiliklarni provokatsion sarlavhalar va zöravonlik aks etgan videolavhalar bilan translatsiya qilgan”.  

Qayd etilişiça, bu elatlar örtasida nifoq kelib çiqişiga hamda tinçlik, qonun va tartib buzilişiga olib kelişi mumkin.