Federal xavfsizlik xizmati va Roskomnadzorning Telegram’ga qarşi kuraşi messenjerni bloklaş haqidagi sud qaroriga qaramay davom etmoqda. Endi Telegram asosçisi Pavel Durovdan messenjerni uning şifrlaş kalitlarini maxsus xizmatlarga bera oladigan qilib özgartiriş talab qilinmoqda.
“Fikrimizça, messenjerning har qanday arxitekturasi Rossiya qonunçiligi bajariladigan qilib özgartirilişi kerak. Şu sababli, Telegram şifrlaş kalitlarini beriş texnik imkoniyatiga ega”, deyilgan FXXda.
Durov şifrlaş kalitlari foydalanuvçilar qurilmalaridagina saqlanişi, bu esa messenjer dasturçilariga ularga egalik qilişga imkon bermasligi va demakki, kalitlar FXXga ham berila olmasligini bir neça bor aytgan. Bundan taşqari, kalitlarni beriş şaxsiy hayotga daxlsizlikning buzilişi hisoblanadi.












