Braziliya sobiq prezidenti, ayni damda qamoq jazosi ötayotgan Luis Inasiu Lula da Silva milliy termaning JÇ-2018dagi öyinlarini şarhlaydi.

Ispaniyaning Marca naşri ma'lumotlariga köra, siyosatçi mahalliy TVT telekanalida qamoqxonaning özidan işlaydi. Da Silvadan xabarlar efirda körsatiladi va tomoşabinlarga öqib eşittiriladi.

72 yoşli Luis Inasiu Lula da Silva 2003 yilning 1 yanvaridan 2011 yilning 1 yanvariga qadar davom rahbari lavozimini egallagan. 2017 yilda u korrupsiyada ayblanib 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Pentakampeonlar Rossiyada bölib ötayotgan jahon birinçiligi guruh bosqiçi doirasida Şveytsariya, Kosta-Rika va Serbiya bilan kuç sinaşadi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ jahon çempionati terrorçilar uçun yaxşi nişonga aylanişi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.