Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Neft-gaz tarmoğida litsenziyalaş tartibotlarini qisqartiriş va soddalaştiriş, şuningdek, biznesni yuritişni yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni qabul qildi.

Hujjat bilan neft mahsulotlarini sotiş faoliyatini litsenziyalaş (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalari va moy almaştiriş punktlari orqali sotişdan taşqari) töğrisidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga köra, avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yoqilğisi, aviakerosin, mazut, peç yoqilğisi, neft bitumi, şuningdek, texnik moylar va moylaş materiallarini sotiş böyiça faoliyat litsenziyalanişi kerak, ularning zavodda idişga qadoqlanganlari bundan mustasno.

Neft mahsulotlarini sotiş böyiça faoliyat faqat yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi.

Neft mahsulotlarini sotiş böyiça faoliyatni amalga oşiriş huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.

Lisenziya talabgorining arizasiga köra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga berilişi mumkin.

Lisenziyalarni beriş, litsenziyaning amal qilişini töxtatib turiş yoki töxtatiş, şuningdek, uni bekor qiliş va qayta rasmiylaştiriş töğrisidagi qarorlar “Özdavneftgazinspeksiya”ning Neft mahsulotlarini sotiş böyiça faoliyatni litsenziyalaş (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalari va moy almaştiriş punktlari orqali sotişdan taşqari) komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qiliş, ular böyiça ekspert xulosalari tayyorlaş, litsenziyalarni beriş, lisenziat bilan litsenziya bitimi tuziş va uning bajarilişini nazorat qilişni «Özdavneftgazinspeksiya» amalga oşiradi.

Neft mahsulotlarini sotiş böyiça faoliyatni amalga oşirişga litsenziya amal qilişi çeklanmagan muddatga beriladi.

Quyidagilar neft mahsulotlarini sotiş böyiça faoliyatni amalga oşirişning litsenziya talablari va şartlari hisoblanadi:

a) lisenziat tomonidan neft mahsulotlarini qabul qiliş, saqlaş, hisobga oliş va sotiş sohasidagi qonun hujjatlariga, ekologiya, sanitariya, metrologiya, yonğinga qarşi va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etiş;

b) ştatda litsenziyada körsatilgan faoliyat turi böyiça tegişli ma'lumotga va kamida uç yil iş stajiga eta bölgan kamida bir nafar xodimning, şuningdek, xizmat körsatuvçi texnik xodimlarda maxsus tayyorgarlikning mavjud bölişi;

v) sotiladigan neft mahsulotlariga sifat sertifikatining mavjudligi va ularning sifat sertifikatiga haqiqatda muvofiqligi;

g) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oşiriş, şu jumladan, mavjud moddiy-texnika bazadan, neft omboridan va yonilği quyiş asbob- uskunalaridan, boşqa texnika vositalaridan foydalaniş uçun şaroitlarning yaratilganligi;

d) lisenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan ma'lumotlardan foydalaniş bilan boğliq işlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjudligi.

ye) litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oşiriş uçun foydalaniladigan binolar, inşootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologiya asbob- uskunalarining mulk huquqi yoki boşqa aşyoviy huquq bilan litsenziya talabgorida mavjudligi;

Lisenziya oliş uçun litsenziya talabgori litsenziyalovçi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) yuridik şaxsning nomi va taşkiliy-huquqiy şakli, uning joylaşgan joyi (poçta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi körsatilgan holda litsenziya beriş töğrisidagi ariza;

b) litsenziya beriş töğrisidagi arizaning litsenziyalovçi organ tomonidan körib çiqilişi uçun yiğim tölanganligini tasdiqlovçi hujjat;

v) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oşiriş uçun foydalaniladigan muhandislik kommuniktsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga mulk huquqining yoki boşqa aşyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovçi hujjat;

g) «Özdavneftgazinspeksiya» hududiy bölimining neft mahsulotlarini qabul qiliş, saqlaş, hisobga oliş va sotiş uçun neft ombori xöjaligining asbob-uskunalar bilan ta'minlanganligi holati, xizmat körsatuvçi xodimlarning maxsus ma'lumotga egaligi töğrisidagi xulosasi;

d) «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi tarmoq inspeksiyasining neft ombori xöjaligining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi töğrisidagi xulosasi;

ye) Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziriligi yonğin xavfsizligi hududiy boşqarmalarining yonğinga qarşi talablarga muvofiqlik töğrisidagi xulosasi;

j) Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi hududiy boşqarmalarining neft ombori xöjaligining tabiatni muhofaza qiliş va ekologiya talablariga muvofiqligi töğrisidagi xulosasi.