Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Içki işlar organlarining jinoyatlarni tergov qiliş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2018 yil 18 aprel kunidagi 2898-sonli qarori asosida hamda mamlakatimizda joriy yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş” yili deb e'lon qilinişi munosabati bilan Qaşqadaryo viloyati içki işlar boşqarmasi huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan sayyor tergov va suriştiruv ötkaziş maxsus avtomaşinasi taşkil etildi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qaşqadaryo viloyatining yer maydoni keng, çöl va toğli hududlardan iboratligi, olis hududlardan şahar markazigaça 100, ayrim aholi yaşovçi qişloğlardan esa 150 çaqirim masofadan iboratligi, şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarni, protsess iştirokçilarini ortiqça ovoragarçilik hamda turli noqulayliklarning oldini oliş maqsadida hududlarning özida sayyor tergov va suriştiruv ötkaziş uçun maxsus avtomaşina taşkil etiş asos qilib olindi.


Avtomaşinaga zarur bölgan barça ehtiyot qismlar örnatilib, töliq ta'mirlandi. Avtomaşina içki “salon” qismida örnatilgan örindiqlar olib taşlanib, tergovçi hamda protsess iştirokçilari ötirişlari hamda tergov harakatlarini amalga oşiriş uçun yumşoq mebel va stollar örnatilib mustahkamlandi.

Avtomaşina töliq onlayn tizim asosida işlab, avtomaşina içida ötkazilayotgan tergov harakatlarni masofadan turib istalgan hududdan nazorat qiliş va kuzatiş imkoniyati yaratilgan.

Avtomaşina içki qismi töliq taşqi şovqinlarni kamaytiruvçi qoplamalar bilan qoplandi (şum izolatsiya), içki va tepa qismlari çarm bilan öralgan.
Şuningdek, ekspert kriminalist javoni taşkil etilib, ekspert xodimlari tomonidan barmoq izini identifikatsiya qiliş, tadqiqotlar ötkaziş uçun zarur bölgan barça kriminalistik anjomlar joylaştirilib, ekspert kiriminalist xodimlar tomonidan avtomaşina içida daktoloskopiya, trassalogiya hamda xatşunostlik ekspertizalar ötkaziş va xulosalar tayyorlaş imkoniyati va şaroitlar yaratilgan.

Avtomaşina içida tergov va suriştiruv xodimlari tomonidan, barça dalillarni bayonnomada qayd etiş, protsess iştirokçilarini söroq qiliş, yuzlaştiriş, narsa buyum va şaxsni tanib oliş, körsatuvlarni hodisa sodir etilgan joyda tekşiriş, barça yönaliş böyiça ekspertiza tayinlaş, ekspertiza tekşiruvi uçun namunalar oliş, guvohlantiriş, eksperiment ötkaziş, olib qöyiş yoki tintuv ötkaziş tergov harakatlari, protsessual majburlov çoralarini qöllaş, jinoyat işida gumon qilinuvçi va ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qiliş, ayblanuvçilarga nisbatan ehtiyot çoralarini qöllaş, hamda jinoyat işini Özbekiston Respublikasi JPKning 372-moddasi tartibida tamomlaş mumkin.

Şuningdek, oğir öta oğir turdagi jinoyatlar sodir etilganda hodisa sodir bölgan joyga tergov-tezkor guruhi tarkibida çiqilgan iştirokçilarga qulayliklar yaratiş bilan birga tergovçi tomonidan maxsus avtomaşina içida jinoyatlarni issiq izidan foş etişga qaratilgan dastlabki tergov harakatlari, ekspertizalar ötkaziş, zarur bölgan mutaxassis fikri va xulosalar oliş imkoniyatlari beradi. Bu esa, öz navbatida, jinoyatlarni sifatli va xolis tergov qiliş hamda aybdor şaxslar doirasini aniqlaşda muhim örin egallaydi.
Sarvar Anvar öğli,
KUN.UZ muxbiri










