Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqiga litsenziyalar beriş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi qarorni qabul qildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasida keng tarqalgan foydali qazilmalar röyxati ham tasdiqlandi. Ular: 

Argillitlar va alevrolitlar.
Harsangtoşlar, şağal va mayda şağallar.
Gillar (böyoq va sement işlab çiqariş uçun yaroqlilardan taşqari).
Dolomit.
Ohaktoş (sement işlab çiqariş va metallurgiya sanoatida işlatişga yaroqlilaridan taşqari).
Ohaktoş-çiğanoqtoş.
Toş bölaklari.
Kvartsit (texnik kremniy işlab çiqariş uçun yaroqli bölgan hamda dinasli va flyuslilardan taşqari).
Lyoss va lyossimon jinslar (sement işlab çiqariş uçun yaroqlilardan taşqari). Mergel (sement işlab çiqariş uçun yaroqlilardan taşqari).
Börsimon jinslar.
Marmar.
Qum (qoliplaşda va şişa işlab çiqarişda foydalaniladiganlaridan taşqari).
Qumtoş.
Slanets (yonuvçi va qorasidan taşqari).
Suglinkalar (sement işlab çiqariş uçun yaroqlilaridan taşqari).
Magmatik, metamorfik va vulqanogen jinslar (sement va ötga çidamli materiallar işlab çiqariş uçun yaroqlilaridan taşqari).