Estoniya aholisining deyarli uçdan ikki qismi (62 foizi) Yevropa ittifoqining boş muammosi immigratsiya deb hisoblaşi ma'lum böldi. Bu YeIdagi eng yuqori körsatkiçdir, bunday fikrni YeI böyiça örtaça 38 foiz söralganlar qöllab-quvvatlagan. Bunday ma'lumotlar YeIning ijtimoiy xizmati Eurobarometer saytidagi maqolada keltirilgan.      

Şuningdek, Çexiya (58 foiz), Vengriya (56 foiz), Malta (55 foiz) va Daniyada (54 foiz) ham YeIning boş muammosi immigratsiya deb hisoblanişi aniqlandi. Bu borada Portugaliya (16 foiz), Xorvatiya (26 foiz), Ispaniya (27 foiz), Britaniya va Ruminiyada (29 foiz) eng kam taşviş bildirilgan.

Estoniyada şuningdek Yevropa ittifoqi böyiça terrorçilik muammosidan taşviş bildirilgan (35 foiz aholi). Bu borada Litva (49 foiz), Çexiya (47 foiz) va Kipr aholisi (44 foiz) ham katta taşviş bildirgan. Bu muammo Avstriya (20 foiz), Niderlandiya (21 foiz), Italiya (22 foiz), Belgiya, Germaniya va Şvetsiya (24 foiz) aholisini kamroq taşvişlantirar ekan.

Tadqiqot mart oyida ötkazilgan. Unda Yevropa ittifoqining har bir davlatida intervyu şaklida mingga yaqin responendent fikri örganilgan.