Çet elda istiqomat qiluvçi vatandoşlar bilan hamkorlik qiliş böyiça Özbekiston davlat siyosatining konsepsiyasi jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilindi.
Bunday toifaga Özbekistonning mamlakatdan taşqarida doimiy yaşovçi yoki öqişi, mehnat faoliyati, oilaviy va boşqa sabablar bilan xorijda vaqtinçalik bölganlar, asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan, xorijiy davlat fuqarosiga aylanganlar, şuningdek, etnik va til nuqtai nazaridan özini özbek yoki qoraqalpoq deb biluvçi hamda Özbekiston bilan aloqalarni uşlab turiş istagida bölgan xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi yöq şaxslar kiradi.
«Özbekiston bilan ma'naviy, madaniy va huquqiy aloqalarni saqlab qoliş, şuningdek, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida iştirok etişga intilayotgan vatandoşlar bilan hamkorlikni qöllab-quvvatlaş hamda rivojlantiriş Özbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biridir», - deyiladi hujjat loyihasida.
«Özbekiston bunga manfaatdorlik bildirayotgan barça vatandoşlar bilan har tomonlama döstona hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, ularning qonuniy manfaatlari va huquqlarini amalga oşirişni, xususan, madaniyat, til, ta'lim, axborot, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirişga kömaklaşiş niyatida», - deya ma'lum qilingan konsepsiya loyihasida.
Xorijdagi vatandoşlar bilan hamkorlikning asosiy yönalişlari - madaniy, gumanitar, ilmiy, ta'lim va axborot sohalarida hamkorlikni, şuningdek, iqtisodiy sohadagi hamkorlikni rivojlantiriş hisoblanadi.
Birgalikda ilmiy, ma'rifiy, tibbiy, madaniy, ma'rifiy, sport va boşqa loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan. Vatandoşlar va ularning taşkilotlari özbek tili, madaniyati va urf-odatini örganiş, saqlab qoliş va öz mamlakatlarida doimiy yaşaydigan yoş avlodlarga yetkazib berişga yordam beradi.
Vatandoşlarga taklif etilmoqda:
Özbekistonga kiriş vizalari, doimiy yaşaş uçun ruxsatnoma va işlaş uçun litsenziyani soddalaştirilgan tartibda rasmiylaştiriş;
Özbekistonda talab qilinadigan mutaxassisliklar böyiça iş bilan ta'minlaş, şuningdek ularning ijtimoiy, maişiy va boşqa masalalarini hal qilişda kömaklaşiş;
Davlat taşkilotlaridagi rahbarlik lavozimlariga jalb etiş;
Özbekiston fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda beriş;
Özbekiston oliy öquv yurtlarida özbek tili va adabiyoti, tarix, milliy musiqa hamda teatr san'ati yönalişlari böyiça ta'lim oliş uçun grantlar ajratiş;
vatandoşlar orasidan OAV vakillarini akkreditatsiya qilişning soddalaştirilgan tartibi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xorijda yaşovçi vatandoşlar bilan hamkorlik böyiça davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi işlab çiqilgani xabar berilgandi.












