Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qiliş tizimini takomillaştirişga doir «Yöl xaritasi» muhokama qilinmoqda.
 
Norma’ning yozişiça, loyihada quyidagilarning qonuniy jihatdan mustahkamlanişi nazarda tutilmoqda:

• kundalik turmuşda Internet ahamiyati tobora oşib borayotganligini inobatga olgan holda tovar belgilari «maşhurligi»ning aniq mezonlari;
• intellektual mulk obektlari (tovar belgisi, sanoat namunasi va b.) insofsiz ravişda röyxatdan ötkazilişi tuşunçalarining mustahkamlanişi;
• tovar belgisidan maqsadli foydalanişni nazarda tutgan holda u qöllanadigan aniq holatlarning belgilanişi.
 
Intellektual mulk obektlaridan noqonuniy foydalanganlik uçun ma'muriy javobgarlikni kuçaytiriş va jinoiy javobgarlikni joriy etiş imkoniyati körib çiqilmoqda.
 
Patent işonçli vakillari institutini takomillaştiriş rejalaştirilmoqda. Bunda ularning faoliyatini muvofiqlaştiriş va uslubiy ta'minlaş tizimi, tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malaka oşiriş tartibi takomillaştiriladi.
 
2019 yil 1 yanvardan patent bojlari va tölovlarining amaldagi stavkalari, şuningdek tovar belgisi, xizmat körsatiş belgisi, tovarlar kelib çiqqan joylar nomi va sanoat namunasini huquqiy muhofaza qilganlik uçun norezidentlardan undiriladigan individual bojlar kamida ikki baravar pasaytirilişi rejalaştirilmoqda.
 
Tovar belgisi va xizmat körsatiş belgisi, tovar kelib çiqqan joy nomi va tovar kelib çiqqan joy nomidan foydalaniş huquqini röyxatdan ötkaziş uçun buyurtmanomalarni faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali elektron tarzda taqdim etiş tartibi joriy etilişi nazarda tutilgan. 
 
Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillaştiriş rejalaştirilgan.
 
Toşkent davlat yuridik universitetida intellektual mulk kafedrasini oçiş rejalaştirilmoqda.
 
Oliy sud huzurida Patent sudi faoliyatini taşkil etiş masalasi örganib çiqiladi.
 
Tumanlar (şaharlar) Davlat xizmatlari markazlari orqali «yagona darça» tamoyili böyiça intellektual mulk sohasida davlat xizmatlari körsatiş tartibi bosqiçma-bosqiç joriy etilişi közlangan.
 
Xalqaro normalarni milliy qonunçilikka yanada implementatsiya qiliş
 
«Yöl xaritasi» loyihasida respublikaning quyidagilarga a'zo bölişini işlab çiqiş nazarda tutilgan:

• Fonogrammalar işlab çiqaruvçilarining manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy qayta yozişdan himoya qiliş töğrisidagi Jyeneva konvensiyasi;
• Fonogrammalar ijroçilari, işlab çiqaruvçilari va eşittiriş taşkilotlarining huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi Rim konvensiyasi;
• Fonogrammalar işlab çiqaruvçilarining manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy qayta yozişdan himoya qiliş töğrisidagi konvensiya;
• Mualliflik huquqi böyiça şartnoma;
• Ijrolar va fonogrammalar böyiça şartnoma;
• Tovar belgilari böyiça qonunlar töğrisidagi Singapur şartnomasi.
 
Mulk huquqlari himoyalanişi xalqaro indeksi mezonlarini ham hisobga olgan holda intellektual mulk obektlariga bölgan huquqlarning işonçli himoyasi ta'minlanganligini baholaş va tahlil qiliş zamonaviy tizimini joriy etiş böyiça «Yöl xaritasi» loyihasini işlab çiqiş taklif qilinmoqda.
 
Quyidagilarni ta'minlovçi intellektual mulk obektlarining yagona muntazam yangilanadigan integratsiyalangan ma'lumotlar bazasini işlab çiqiş va joriy etiş rejalaştirilmoqda:

• huquqiy muhofaza qilinadigan va undan mahrum qilingan intellektual mulk obektlarini real vaqt rejimida kuzatiş;
• intellektual mulk obektlari huquqiy muhofazasini olganda va uni boy berganda tegişinça Intellektual mulk obektlari bojxona reyestriga avtomatik ravişda kiritiş va undan çiqarib taşlaş;
• intellektual mulk huquqlari buzilişi holatlarini aniqlaş va oldini olişda manfaatdor davlat organlarining özaro hamkorligi.
 
Uşbu sohadagi qonunçilikni takomillaştirişga doir asosli takliflarni işlab çiqqan holda intellektual mulk obektlarini tijoratlaştirişning joriy holatini tanqidiy tahlil qiliş, şu jumladan patent egalari bilan litsenziya şartnomalarini tuzişga tösqinlik qiluvçi sabablar va şaroitlarni aniqlaş lozim.
 
Hujjat loyihasi özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.