BMT boş kotibi Antoniu Guterreşning fikriça, Yaqin Şarqdagi vaziyat xalqaro hamjamiyat uçun eng katta sinov hisoblanadi. U bunday fikrni Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistening yozgi qarorgohida ötgan munozaralar klubi sessiyasida bildirgan.
“Umumiy qoidalarga amal qilmaydigan Isroil, Eron va boşqa köplab davlatlar bor. Ixtiloflarning oldini oliş uçun mexanizmlar mavjud emas”, deb aytgan Guterreş.
Guterreş davlatlar örtasida özaro işonçsizlik ortayotgani va kiberuruş boşlanişi xavfi jiddiy xavotir uyğotayotganini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, unga bunday ixtiloflarga bir neça misol ma'lum, biroq u öz nutqida ularni aytib ötmagan.
“Men aminmanki, agar kelajakda ikki davlat örtasida uruş bölsa, ommaviy kiberhujum yuz beradi. Bu nafaqat himoya tizimlari, balki jamiyatning muhim infratuzilmalariga taalluqli böladi. Dunyo bunga tayyor emas”, deb aytgan Guterreş.
Boş kotib 19 iyunda Osloga, 20-21 iyunda jumladan jahon çempionati doirasida Portugaliya terma jamoasini Marokaşga qarşi uçraşuvda qöllab-quvvatlaş uçun Rossiyaga taşrif buyuradi.












