Turkiya boş vaziri Binali Yildirimning ma'lum qilişiça, Amerika tomoni qarori bilan Turkiyani F-35 qiruvçilari işlab çiqaruvçilari dasturidan çiqarib taşlaş tufayli Anqara muqobil variantlarni topadi. Bu haqda NTV xabar bergan.
Yildirimning sözlariga köra, AQŞ senatining harakatlari afsusga sabab bölmoqda hamda strategik hamkorlik ruhiga ziddir.
«Bu voqealarning muvaffaqiyatsiz rivoji. Biroq, Turkiya muqobil variantsiz qolmaydi», - deya aytib ötdi Yildirim.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya AQŞ qiruvçi samolyotlarni yetkazib bermasa, nima qilişini aytgandi.












