AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi rahbari Kirsten Nilsenni Vaşingtondagi meksikança restoranda «Şarmanda!» deya baqirib kutib olişdi, şundan söng u bu muassasani tark etişga majbur böldi. Bu haqda New York Post guvohlarning videosiga asosan xabar qilmoqda.
Faollar guruhi Nilsen bölgan restoranga kelib, unga qarşi şiorlarni hayqira boşlaşgan, ular orasida haqoratli sözlar ham bölgani aytilyapti. Namoyişçilardan biri ota-onasi bilan ajratib qöyilgan migrantlar farzandlarining yiği ovozi yozuvini qöyib eşittirgan.
Şundan söng vazir restorandan qöriqlaş xizmati hamrohligida çiqib, avtomobiliga ötirgan. Nilsen vakilining xabar berişiça, mahkama rahbari «keçki ovqat paytida taşvişlanayotgan fuqarolar guruhi bilan uçraşgan».
DHS Secretary Nielsen just got driven out of a Mexican restaurant here on 14th Street by activists. DSA, I believe. pic.twitter.com/lTKutryXBO
— Osita Nwanevu (@OsitaNwanevu) June 20, 2018
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp migratsiya siyosatidan darğazab bölganlarga qarşilik körsatayotgani xabar qilingandi.












