Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp migratsiya siyosatidan darg‘azab bo‘lganlarga qarshilik ko‘rsatmoqda - NYT
AQSh prezidenti va uning kabineti ikki a'zosi migrantlar oilasini ajratish bo‘yicha o‘z siyosatini «tajovuzkor himoyasi» bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda The New York Times xabar qilmoqda.
Bunda Trampning «xavfsiz mamlakat» to‘g‘risidagi bayonotlari, shuningdek, Ichki xavfsizlik vazirligi rahbari Kirsten Nilsen ishtirokidagi brifingda migrantlar oilasini ajratishni oqlash ko‘rinishidagi boshqa tushuntirishlar nazarda tutilgan. Oq uydan bildirishlaricha, bu borada tanlov yo‘qdir.
NYT’ning ta'kidlashicha, Nilsen, Trampdan farqli ravishda, Kongress qariyb 2 ming bolaning oilasi bilan ajratish bo‘yicha vaziyatga yo‘l qo‘ymaydigan choralarni qabul qilmaganida faqat demokratlar sababchi ekaniga doir «yolg‘on ayblovni» takrorlamagan.
Materialda ta'kidlanishicha, Trampning bayonotidan so‘ng, respublikachilarning ko‘pchiligi bunday migratsiya siyosatini tanqid qiluvchilar safiga qo‘shildi.
Avvalroq, Fransiya AQSh migratsiya siyosatiga qarshi chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026