Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xorij davlatlari hududida bolalar ba'zi dori vositalari ta'sirida yuzaga kelgan kuçli allergik reaksiya qurboni bölişayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bunda 3-12 yoş oraliğidagi bolalar hayotdan köz yumgani va bu dorilarni zinhor iste'mol qilmaslik haqida ogohlantiriş bor edi. Xabarga Urganç tumani prokuraturasining Tibbiyot birlaşmasi boşliği va «Xorazm dori-darmon» MÇJ raisiga yöllagan xati ilova qilindi.

Xatda «har qanday şaroitda ham sotuvga çiqariş mumkin bölmagan» dori vositalarining quyidagi röyxati keltirilgan:

Amoksitsillin;
Kapesula;
Ibuprofen suspenziya;
Alklofenak;
Sumamed;
Ingalipt;
Antisept;
Inflyutsid;
Bolalar panadoli;
Sanasol.

Şundan söng, ijtimoiy tarmoqlar va ba'zi saytlarda yaşin tezligida vahimali xabarlar tarqaldi. Uning ba'zilarida bu dorilarni umuman iste'mol qilmaslikka çaqirilgan bölsa, ba'zilarida dorilarning sifatini tasdiqlovçi hujjatlarni talab qiliş, dori vositalarining seriyasi, yaroqlilik muddatiga alohida e'tibor qaratiş söralgan edi.

Vaziyatni örganiş uçun Urganç şahri va tumani dorixonalarini aylanganimizda, ayni paytda, dorixonalar bu dorilarni sotmaslik haqida heç qanday körsatma olişmagani ma'lum böldi. Ularning ba'zilari esa sotuvda bor, masalan, Amoksitsillin, Ingalipt va Ibuprofen. Ba'zilari esa sotuvda yöq, buning sababi - ularning xorijda işlab çiqarilayotgani va allaqaçon ularning örnini egallagan dorilar özimizda ham, faqat boşqa nomlarda mavjud.

Holat yuzasidan ma'lumot oliş uçun «Xorazm dori-darmon» MÇJ raisi Suhbat Rajabov bilan boğlandik. U bizga röyxatda keltirilgan dorilar sotuvini taqiqlaş böyiça heç qanday buyruq yöqligini tasdiqladi.

«Bu dorilar zararli, iste'molga yaroqsizligi, ularni taqiqlaş şartligi töğrisidagi buyruq mavjud emas. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hujjat esa bunga asos bölolmaydi. Avvalo, qaysidir dorini taqiqlaşdan oldin, uning nomi, işlab çiqarilgan zavodi, seriya raqami aniq körsatilgan va belgilangan bölişi kerak. Masalan, Amoksitsillin dorisi butun dunyoda işlab çiqiladi. Agar «Amoksitsillin taqiqlansin» deyilsa, unda şunday dorining hammasi sotilmasligi kerak, bu esa notöğri. «Amoksitsillin nomli, falon zavodda, falon vaqtda va falon raqamli seriyadagi dori taqiqlansin deyilsa», bu töğriroq bölardi, taqiqlaş jarayoni aynan şunday», - dedi Rajabov «Kun.uz» muxbiriga.

Bu holat böyiça Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning fikri bilan qiziqdik.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, göyo ma'lum bir dorilar tufayli, bolalarning ommaviy ölimi haqidiga xabarlarga biz asos topmadik. Xorij mamlakatlari, xususan, Rossiya, Qozoğiston va boşqa mamlakatlarda bunday dorilar iste'mol qilinişi oqibatida ommaviy ölim holatlari qayd etilgani haqida ham heç qanday xabar yöq. Demak, asossiz xabarlarga qandaydir izoh berişga hojat bölmasa kerak. Xorijda işlab çiqarilgan dorilar Özbekiston hududida sotilişidan oldin, jiddiy sinovdan ötkaziladi, tekşiriladi, yaroqlilik sertifikati beriladi. Ularning hayot uçun xavfsiz ekani aniqlangandan söng, sotişga ruxsat beriladi. Prokuratura xatiga keladigan bölsak, Respublikamiz hududi böylab bu voqea kuzatilmadi. Xat faqat Urganç tumaniga taalluqli. Buning izohini xatni jönatgan taşkilot bersa töğriroq bölardi», - dedi Sanayev.

Qiziği şundaki, xuddi şunday xabarlar 2014 yili Rossiya Federatsiyasida ham tarqalib ketgan va röyxat aynan yuqoridagi şaklda bölgan. Muomalada bölgan dori-darmonlarning sifatini nazorat qiluvçi «Roszdravnadzor» taşkiloti esa öşa paytda bu dorilarning hayot uçun xavfli ekani haqidagi xabarlarni «asossiz va fantastika» deb atagan edi.

Öz örnida aytiş lozimki, dori-darmonlarni qabul qilişdan kelib çiqadigan jiddiy allergik reaksiya (şu jumladan, qöqqisdan ölimga olib keluvçi) fantastika emas. U har bir insonda, har qanday doridan kelib çiqişi mumkin, ammo, bu kamdan-kam hollarda yuz beradi. Uni esa faqat tibbiyot muassasasida, şoşilinç aksilşok muolajasi natijasida bartaraf qiliş mumkin. Şu tufayli ham, bolalarga, ayniqsa allergiyasi bor bolalarga dori-darmonlarni faqat şifokorlar nazorati ostida beriş tavsiya qilinadi.

Yana bir hayotiy muhim qoidani unutmaylik, har qanday dori-darmonni qabul qiliş - faqat va faqat şifokorning körsatmasi asosida bölişi şart.

Nurmuhammad Said