2018 yil 1 iyuldan boşlab tadbirkorlarimiz uçun yana bir qulaylik yaratildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2018 yil 12 apreldagi PF-5414-sonli farmoniga muvofiq endi tadbirkorlar internet yordamida bojxona yuk deklaratsiyalarini öz ofislaridan çiqmasdan turib, mustaqil ravişda töldiriş va bojxona organlariga taqdim etiş imkoniyatiga ega bölişdi.

Bunga qadar esa tovarlarni respublikaga olib kirmoqçi yoki eksport qilmoqçi bölgan tadbirkor bojxona yuk deklaratsiyasini töldirib beriş va bojxona idoralariga taqdim etiş uçun ortiqça vaqt va mablağ sarflab, bojxona brokerlari va bojxona rasmiylaştiruvi böyiça mutaxassislar kömagidan foydalanişga majbur edi.

Endi esa Davlat soliq qömitasi tomonidan beriladigan elektron raqamli imzoga ega bölgan har bir tadbirkor buni amalga oşirişga töla haqli hisoblanadi.

Buning uçun u elektron raqamli imzo yordamida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat bojxona qömitasining rasmiy saytiga kirib, dastlab öz taşkiloti nomidan tovarlarni deklaratsiyalovçi şaxslar röyxatini şakllantiradi.

Şundan söng «Deklaratsiyalovçi şaxslar röyxati» interaktiv xizmatidan foydalangan holda bojxona yuk deklaratsiyalarini real vaqt rejimida töldirib, bojxona organlariga taqdim etadi.