Yevropa Ittifoqi Özbekistonning Jahon savdo taşkiloti (JST)ga a'zo bölişini qöllab-quvvatlaş uçun 5 million yevro ajratişni rejalaştirmoqda, deya xabar berdi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi matbuot xizmati.

«Joriy yilning oxiriga qadar Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a'zo böliş jarayoniga kömak körsatiş böyiça loyihalarni tayyorlaş tugallanadi, buning uçun Yevropa Ittifoqi 5 million yevro ajratmoqçi. Şuningdek, «Qişloq joylarda işga joylaştirişning könikmalarini rivojlantiriş» loyihasini moliyalaştiriş uçun ham YeI tomonidan 5 million yevro taqdim etadi», - deyiladi xabarda.

Bundan taşqari, tomonlar «Farğona vodiysida suv resurslarini barqaror boşqariş» grant loyihalari böyiça 30 million yevro va «Çorvaçilik sohasini rivojlantiriş»ga 15 million yevro miqdoridagi moliyaviy bitimlarni imzolaşga kelişib oldilar.

Yevropa tomoni bilan 2019 yil boşida davlat budjeti xarajatlarini qöllab-quvvatlaş uçun 40 million yevro miqdorida grant ajratiş böyiça kelişuvga erişilgan.