Uçraşuv haqida maʼlum qilgan prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbekistonning JSTga qöşiliş yölidagi saʼy-harakatlarini doimiy qöllab-quvvatlab, ekspertlik kömagini körsatib kelayotgani uçun taşkilot boş direktoriga minnatdorlik bildirdi.

«Bizni doimiy qöllab-quvvatlab, ekspertlik kömagini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman», - dedi u.

Saida Mirziyoyevaning taʼkidlaşiça, Özbekiston taşkilotga aʼzo böliş yölining katta qismini bosib ötgan. Endi boşlangan işlarni surʼatni susaytirmasdan davom ettiriş va yakuniga yetkaziş muhim ahamiyatga ega.

«Bu yölning katta qismini bosib ötdik, bundan keyin şahdimizni susaytirmasdan, boşlangan işni nihoyasiga yetkazişimiz juda muhim», - deya qayd etdi Saida Mirziyoyeva.












