Vazirlar Mahkamasining 14.06.2018 yildagi 453-son qarori bilan Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar böyiça qisqa muddatli professional öqitiş kurslari töğrisida nizom tasdiqlandi.

Norma’ning yozişiça, kurslar TDYuU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar böyiça professional öqitiş markazida ötkaziladi. Eslatib ötamiz, u yerda 6 oylik qayta tayyorlaş kurslari ham iş boşlamoqda, ularni tugatgan yuridik ma’lumotga ega bölmagan mutaxassislar yuriskonsult bölib işlay oladilar.
 
Kursda ingliz tilini yaxşi biladigan, suhbatdan muvaffaqiyatli ötgan va kontrakt pulini tölagan yuridik kadrlar (ya’ni oliy yuridik ma’lumotga ega bölgan) öqişlari mumkin. Ularga investitsiya va tijorat faoliyatida xalqaro huquq asoslari böyiça ta’lim berilib, xalqaro yuridik amaliyotdagi kasbiy kompetensiyalari rivojlantiriladi. Tayanç va sohaviy (çuqurlaştirilgan) kurs taklif etiladi.    
 
Tinglovçilarni qabul qiliş töğrisidagi ma’lumot va suhbatni ötkaziş jadvali Markazning rasmiy veb-saytida öqiş boşlanişidan bir oy oldin joylaştiriladi. Suhbat talabgorlarning darajasini (kamida V2 darajasiga muvofiq bölişi lozim) tekşiriş uçun, qoida tariqasida, ingliz tilida ötkaziladi.
 
Çet tilini biliş darajasini tasdiqlovçi V2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikati yoki xalqaro sertifikat (kamida CEFR böyiça V2; IELTS böyiça 6.0 ball; TOEFL böyiça 95 ball) mavjud bölsa, ingliz tili böyiça suhbatdan ötişdan ozod qilinadi. Bunday talabgorlarning faqat xalqaro xususiy va ommaviy huquq sohasidagi bilimlari tekşiriladi.
 
Suhbatdan muvaffaqiyatli ötganlar 3 kun mobaynida quyidagi hujjatlarni taqdim etişlari kerak:

•  pasport yoki uning örnini bosuvçi hujjat;
•  oliy ma’lumot töğrisidagi diplom va diplomga ilova;
•  3,5 x 4,5 sm ölçamdagi rangli fotosurat.
 
Suhbat natijalari e’lon qilingandan keyin 10 iş kunidan keçiktirmay kontrakt tölovi summasini (Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi) tölaş lozim.
 
Kurslarning muddati öqitiş dasturlaridan kelib çiqqan holda, biroq 1 oydan kam bölmagan muddatda Markaz tomonidan belgilanadi. Öqitiş asosiy iş joyidan ajralgan holda amalga oşiriladi. Maşğulotlar asosan ingliz tilida olib boriladi. Öqiş yakunlangaç, sertifikat beriladi. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar orasidan xorijiy yuridik kompaniyalar va xalqaro arbitraj institutlarida stajirovka ötaş uçun tinglovçilar tanlab olinadi.