Özbekiston Respublikasi prezidenti «Toşkent şahrida jamoat tartibini ta'minlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri, Qoraqalpoğiston Respublikasi içki işlar vaziri, Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi va viloyatlar içki işlar boşqarmalari boşliqlarining örinbosarlari lavozimlari tegişliça Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri, Qoraqalpoğiston Respublikasi içki işlar vaziri, Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi va viloyatlar içki işlar boşqarmalari boşliqlarining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosarlari lavozimlariga özgartirildi.
Ular zimmasiga quyidagilar yuklandi:
jamoat tartibini saqlaşning, ayniqsa, sutkaning keçki va tungi vaqtida natijadorligini ta'minlaş böyiça faoliyatni taşkil etiş uçun şaxsiy javobgarlik;
içki işlar organlarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş, yonğin xavfsizligi, qöriqlaş, şuningdek, yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş bölinmalarining samarali va özaro boğliq faoliyat yuritişini taşkil etiş böyiça vazifalar.












