Özbekiston Respublikasi prezidenti «Toşkent şahrida jamoat tartibini ta'minlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Özbekiston yoşlar ittifoqi va Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşining Toşkent şahrining har bir mahallasida “Fidokor yoşlar” jamoatçilik patrul guruhlarini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi hamda uşbu guruhlar tarkibi:

muddatli harbiy xizmatni ötaş niyatida mudofaa işlari böyiça tuman bölimiga murojaat qilgan harbiy xizmatga çaqiriluvçilar;

respublika oliy harbiy ta'lim muassasalariga, şuningdek, içki işlar organlarining ta'lim muassasalariga kiriş istagini bildirgan nomzodlar;

içki işlar organlarida xizmat qiliş istagini bildirgan nomzodlar orasidan şakllantirilişi nazarda tutiladi.

Belgilab qöyilişiça:

jamoatçilik guruhlari tarkibiga kiriş mudofaa işlari böyiça tuman bölimlari yoki içki işlar organlari tomonidan beriladigan yöllanmalar asosida amalga oşiriladi;

jamoatçilik guruhlari ular faoliyat olib boradigan mahalla hududida yaşovçi yoşlardan şakllantiriladi;

jamoatçilik guruhlari faoliyatini samarali taşkil etiş böyiça javobgarlik tuman içki işlar organlari boşliqlarining yoşlar masalalari böyiça örinbosarlari va profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklanadi;

jamoatçilik guruhlarining har bir a'zosi sutkaning keçki va tungi vaqtida belgilangan yönaliş böyiça umumiy 100 soatdan kam bölmagan vaqt miqdorida patrullik qilişga jalb etiladi va bu xizmatga (öqişga) hujjatlarni yakuniy qabul qilişga asos hisoblanadi;

özining mahallasida huquq tartibotni ta'minlaşda faol qatnaşgan jamoatçilik guruhi a'zolariga profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolar yiğinlari raislari bilan birgalikda xizmatga (öqişga) tanlov ötkazişda inobatga olinadigan tavsiyanomalar berilişi mumkin.