Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 21 iyun kuni tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş holati, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va özlaştiriş natijalari tahliliga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxşilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga töğridan-töğri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018 yilning beş oyida 776ta yangi qöşma va xorijiy korxona röyxatdan ötkazildi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 496taga köpdir. Şuningdek, joriy yilda xorijiy investitsiyalar iştirokida 377ta hududiy va 148ta tarmoq loyihalari bajarilişi belgilangan.

Davlat rahbari loyihalarni amalga oşiriş jarayonlarini yengillaştiriş dolzarb masala ekanini ta'kidladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 20 iyun kuni qabul qilingan «Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori ana şu maqsadga qaratilgan. Mazkur qarorga köra, bundan buyon Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oşiriladigan infratuzilma loyihalari böyiça loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ekspertiza qilişda tölov olinmaydi.

Şuningdek, davlat byudjyeti va byudjyetdan taşqari jamğarmalar, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari, hukumat kafolatlagan kreditlar hisobidan tovarlarni davlat uçun xarid qiliş böyiça tender hujjatlari va import şartnomalarini ekspertiza qilişda ham haq tölanmaydi. Dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarni kompleks ekspertiza qiliş uçun tölanadigan tölov miqdori 4 barobargaça qisqartirildi.

Bundan taşqari, xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobiga amalga oşiriladigan yoki bir bosqiçli loyihalar böyiça moliyaviy-iqtisodiy hisobot işlab çiqiş talabi bekor qilindi.

Prezident qarorda belgilangan çora-tadbirlarni izçil amalga oşiriş, investitsiya va infratuzilma loyihalari böyiça hujjatlar tayyorlaş, ekspertiza qiliş hamda tasdiqlaşning yangi, yanada soddalaştirilgan tartibini işlab çiqiş böyiça topşiriqlar berdi. 

Joriy yil uçun tasdiqlangan investitsiya va infratuzilma loyihalari röyxatiga kiritilgan, bajarilişida sustkaşlikka yöl qöyilgan har bir loyihani jadallaştiriş zarurligi ta'kidlandi. Qişloq va şaharlarda arzon uy-joylar, içimlik suvi tarmoqlari va boşqa ijtimoiy obektlar quriş işlarini moliyalaştiriş hamda öz vaqtida foydalanişga topşiriş böyiça aniq vazifalar qöyildi. 

Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarga taşriflar yakunlariga köra işlab çiqilgan 2018-2019 yillarda uşbu hududlarni kompleks rivojlantiriş dasturlari doirasida 6 ming 317ta loyihani amalga oşiriş belgilangan. Buning natijasida jami 219 mingdan ortiq iş örni yaratiş rejalaştirilgan. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bu loyihalar uçun joy ajratiş, infratuzilma tarmoqlariga ulaş işlarini öz vaqtida hal qiliş zarurligi qayd etildi.

Yiğilişda investitsiyalarni, eng avvalo, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va samarali özlaştiriş masalasiga alohida e'tibor qaratildi. 

Xorijiy davlatlarga taşriflar va muloqotlar natijasida qiymati 17 milliard dollar bölgan 182ta istiqbolli loyihani amalga oşiriş töğrisida birlamçi kelişuvga erişilgani qayd etildi. Bu investitsiyalarni özlaştiriş biznes-reja va texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlaş bilan boğliq. Şu bois bu boradagi işlarni jadallaştiriş, xorijiy investitsiyalarni istiqbolli loyihalarga yönaltiriş va yuqori samaradorlikka erişiş böyiça körsatmalar berildi. 

Keng imkoniyatlari bölişiga qaramay, Buxoro viloyatida xorijiy investitsiyalar iştirokida 10ta loyiha, Navoiy viloyatida 9ta loyiha, Qaşqadaryoda atigi 1ta loyiha amalga oşirilayotgani qayd etildi. Qaşqadaryoda 13ta tumanda, Farğonada 11ta, Surxondaryoda 10ta, Toşkent, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 8tadan, Xorazm, Navoiy viloyatlarida 7tadan, Qoraqalpoğiston va Samarqandda 6tadan, Andijon va Sirdaryoda 5tadan, Namanganda 4ta tumanda xorijiy investitsiya iştirokida birorta ham loyiha rejalaştirilmagani tanqid ostiga olindi.

«Şuning uçun bu işlarni keskin faollaştiriş kerak. Investitsiya qömitasining viloyat, şahar va tuman bölimlari xorijiy investitsiyalarni olib kelişi va xorijiy investorlarga barça masalalar böyiça amaliy kömak berişi kerak. Şuningdek, tuman va şahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining har biri öz hududiga töğridan-töğri xorijiy investitsiya jalb etişga hissa qöşişi zarur», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.

Loyihalarni amalga oşirişning barça jarayonlarini töliq qamrab oladigan, uni tayyorlaşdan işga tuşirişgaça bölgan davrni monitoring qiliş imkonini beradigan yagona elektron axborot tizimini joriy etiş böyiça topşiriq berildi. 

Yiğilişda muhokama qilingan masalalar böyiça mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Investitsiya takliflarini şakllantiriş, investorlar topiş, loyihalar işlab çiqiş, ekspertiza qiliş, moliyalaştiriş va amalga oşiriş böyiça qator topşiriqlar berildi.