“Toşkent şahri hududidagi mavjud manzarali daraxt va butalar muhofazasini kuçaytiriş, daraxtlarning noqonuniy kesilişi holatlarini oldini oliş, tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyati uçun yer uçastkalarini ajratişda daraxtlar va köp yillik butalarni saqlab qoliş tizimini taşkillaştiriş töğrisida” Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi va Toşkent şahar hokimligi qöşma qarorni imzoladi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.

U Toşkent şahri hududidagi manzarali daraxt va butalar muhofazasini kuçaytiriş, daraxtlarni noqonuniy kesiş holatlarini oldini oliş, tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyati uçun yer uçastkalarini ajratişda daraxtlar va köp yillik butalarni muhofaza qiliş tizimini takomillaştiriş maqsadida imzolandi.

Qarorga köra, Toşkent şahar hokimligining kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça majmuasi, Toşkent şahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi hamda Obodonlaştiriş boş boşqarmasi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan Toşkent şahrida mavjud manzarali daraxtlarni muhofaza qiliş çora tadbirlari rejasi tasdiqlandi. 

Toşkent şahar arxitektura boş boşqarmasi tomonidan Toşkent şahrida quriliş uçun yer ajratiş böyiça tayyorlanadigan hujjatlar xulosalarida belgilanayotgan hududlarda mavjud köp yillik ösimliklar va daraxtlarning turi, soni, ularning hajmi haqidagi ma'lumotlarni körsatilişi qat'iy yölga qöyiladi. Şuningdek, Obodonlaştiriş boş boşqarmasi tizimida “Daraxtlar va köp yillik ösimliklarni himoya qiliş boşqarmasi”ni taşkil etiş va ularni faoliyati uçun zarur bölgan zamonaviy texnika vositalari, kimyoviy moddalar hamda işçi – xodimlar bilan ta'minlaş böyiça asoslantirilgan hisob kitoblarga asosan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasini işlab çiqiş aytib ötilgan.

Toşkent şahridagi mavjud daraxtlarga şakl beriş (butaş) işlarini yagona tartibga keltiriş va bu işlarni bajarişda agrotexnika qoidalariga rioya etilişi yuzasidan Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Ösimliklarni himoya qiliş instituti, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi va boşqa aloqador taşkilotlar bilan hamkorlikda “Toşkent şahar hududidagi daraxt va butalarni kesiş, qirqiş (şakl beriş) va köp yillik ösimliklarga agrotexnik işlov beriş qoidalari”ni işlab çiqib, tasdiqlaş böyiça takliflar kiritilişi ma'lum qilindi.

2018 yilning 1 sentabridan boşlab Toşkent şahrida daraxtlarga şakl beriş, ularni kesiş işlarini bajariş Toşkent şahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining xulosasiga köra, tuman hokimliklarining ruxsatnomasi asosida faqat Obodonlaştiriş boş boşqarmasi tizimidagi ixtisoslaştirilgan taşkilotlar va tuman obodonlaştiriş boşqarmalari tomonidan amalga oşirilişi qat'iy belgilandi. Kesişdan hosil bölgan yoğoçlar mahsulotlarini hisobini yuritib, belgilangan tartibda kirim qilinadi.

Yuqoridagi jarayonlarni amalga oşirişda daraxtlarga şakl berilayotgan yoki kesilayotgan hududdagi mahalla fuqarolar yiğini va mahalla profilaktika inspektorlarini xabardor qiliş kerak böladi. Tuman hokimliklari tomonidan daraxt va butalarni kesişga berilgan ruxsatnomalarni Toşkent şahar hokimligining rasmiy saytiga joylaştiriş va kesiliş (şakl beriş) belgilangan daraxtlar haqida oldindan xabar berib boriş joriy etiladi.

Quriliş va boşqa işlarni amalga oşiriş uçun ajratilgan yer maydonlarida ruxsatnoma asosida kesilganligi uçun hududning holatidan kelib çiqib, har bir kesilgan daraxt tupi uçun 10 tupgaça manzarali daraxtlarning ekiliş amaliyoti yölga qöyiladi. Obodonlaştiriş boşqarmasi, mahalla fuqarolar yiğini, xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari hamda korxona va taşkilotlar hududidagi mavjud daraxt va butalarni xatlovdan ötkazib, ularni muhofaza qiliş, noqonuniy tarzda kesilişini oldini oliş yuzasidan şaxsan javobgarligi belgilandi.

Jamoat tartibini saqlaş post patrul xizmati xodimlari öziga biriktirilgan hududda noqonuniy daraxt va butalarni kesiş holatlarini profilaktika qiliş va oldini oliş tadbirlarini amalga oşiradi. Avtotransport vositalarida taşilayotgan daraxtlarning tanalarini kelib çiqişini qonuniyligi yuzasidan tekşiruvlar ötkazib, qonun buziliş holatlari aniqlangan taqdirda qonunçilikda belgilangan tartibda çora köriladi.