Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantirişning takomillaştirilgan tizimini tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan moliyalaştiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq tölaş böyiça bazaviy lavozim maoşlari miqdorlari;
davlat arxivlari va uzoq muddat uzluksiz xizmati uçun har oylik taqdirlaş puli belgilanadigan davlat arxivlari xodimlari lavozimlari röyxati;
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq tölaş hamda ularni moddiy rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Özarxiv” agentligi va boşqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelişgan holda uşbu qarorga ilovalarda qayd etilmagan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq tölaş razryadlari hamda şartlarini bir oy muddatda işlab çiqadilar va tasdiqlaydilar.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Özarxiv” agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelişgan holda ikki oy muddatda:
davlat arxivlarining yangilangan namunaviy ştatlarini;
Davlat arxivlarini mehnatga haq tölaş guruhlariga kiritiş tartibi töğrisidagi nizomni işlab çiqadi va tasdiqlaydi.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
bir oy muddatda - Davlat madaniyat muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislariga malaka toifalarini beriş tartibi töğrisidagi nizomni;
ikki oy muddatda - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelişgan holda, Davlat arxivlarini mehnatga haq tölaş guruhlariga kiritiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
davlat madaniyat muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislarini uç oy muddatda attestatsiyadan ötkazsin hamda ularga faoliyat natijalarini baholaş asosida malaka toifalari berilişini ta'minlaydi.
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq tölaş hamda ularni moddiy rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizomga köra quyidagilar:
teatrlar, teatr-studiyalar, sirklar, saroylar, konsert taşkilotlari, şu jumladan, musiqali va raqs jamoalari;
muzeylar, muzey qöriqxonalar, uy muzeylar, davlat tarix va madaniyat muzeylari, kartina va fotogalereyalar, körgazma faoliyati bilan şugullanadigan taşkilotlar;
közi ojizlar uçun kutubxonalar va axborot-resurs markazlari, axborot- kutubxona markazlari, madaniyat va aholi dam oliş markazlari, şu jumladan, xalq teatrlari, havaskorlik jamoalari;
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniyat muassasalari faoliyatini taşkil etiş ilmiy-metodik markazi;
zooparklar, şuningdek, boşqa madaniy-ma'rifiy muassasalar davlat madaniyat muassasalari hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Özarxiv” agentligining taşkiliy tuzilmasiga kiradigan arxivlar davlat arxivlari hisoblanadi.
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoşlari:
mehnatga haq tölaş böyiça har bir lavozim uçun belgilanadigan bazaviy lavozim maoşlari;
xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar va qöşimça tölovlar asosida şakllantiriladi.
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoşlari:
mehnatiga haq tölaş böyiça davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivi kiritilgan guruhga;
xodimning lavozimi va malaka toifasiga boğliq holda tabaqalaştiriladi.
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoşlari miqdorlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining bazaviy lavozim maoşi:
xodim davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivida boşqa lavozimga ötkazilganda;
mehnatiga haq tölaş böyiça davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivi kiradigan guruh özgartirilganda;
xodimning malaka toifasi özgartirilganda (oşirilganda yoki pasaytirilganda);
Prezidentning qarorlariga muvofiq byudjyet taşkilotlari xodimlarining iş haqi miqdorlari oşirilganda özgartiriladi.












