Xalq ta'limi vazirligining barça boşqarma va bölim boşliqlari işdan böşatildi.
Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov duşanba kuni bölib ötgan yiğilişda Xalq ta'limi vazirligi (XTV) markaziy apparati tarkibidagi barça boşqarma va bölim boşliqlarini işdan böşatiş haqida topşiriq berdi. Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Şuningdek yiğilişda Şerzod Şermatov Xalq ta'limi vazirligining asosiy maqsadi barkamol avlodni yetiştiriş etib belgilangani, tizimda mehnat qiluvçi xodimlar ana şu maqsaddan oğişmasligi kerakligini alohida uqtirgan.
Şermatovning qayd etişiça, XTV faoliyati uç tamoyilga asoslanadi:
· sifat;
· adolat;
· şaffoflik.
«Mana şu maqsad va uç asosiy tamoyil böyiça işlay oladigan odamgina vazirlikda qoladi, bunga tayyor bölmaganlar bilan xayrlaşamiz», - deb aytgan Xalq ta'limi vaziri.











