Özbekiston Respublikasi prezidenti «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholaşning quyidagi asosiy mezonlari belgilandi:

davlat soliq xizmati organlari işining sifatini qoniqarli baholaydigan soliq tölovçilar, şuningdek, ularning harakatlari va qarorlari ustidan şikoyatlarning soni;

kameral nazorat natijasi böyiça undirilgan soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning umumiy summasi;

xronometraj va közdan keçiriş natijalari böyiça aniqlangan davlat byudjyeti daromadlarini oşiriş zaxiralari summasi va ularni undiriş darajasi;

pasportlari tuzilgan soliq tölovçilarning soni;

hisoblangan soliq va boşqa majburiy tölovlar undirilişining töliqligi va soliq qarzdorligining pasayiş darajasi;

davlat soliq xizmati organlari bilan özaro munosabatlarda “şaxsiy kabinet”dan foydalaniş darajasi;

elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga oliş va onlayn nazorat-kassa maşinalarini avtomatlaştirilgan monitoring qiliş böyiça dasturiy mahsulotlarni qöllayotgan soliq tölovçilarning qamrab olinişi.

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantiriş va közda tutilmagan xarajatlar maxsus jamğarmasi hisobidan quyidagi summalarning 10 foiziga qadar miqdorda mukofotlanişi belgilandi:

kameral nazorat natijasi böyiça undirilgan soliqlar va boşqa majburiy tölovlar;

bir oy mobaynida xronometraj va pasportlaştiriş natijasi böyiça aniqlangan, soliq tölovçi tomonidan tölangan soliq;

soliq tekşiruvlari natijasi böyiça undirilgan soliqlar.

Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi bir oy muddatda yakuniy natijalarga erişişdan kelib çiqib davlat soliq xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholaş mezonlarini va ularni moddiy rağbatlantiriş çora-tadbirlarini tasdiqlaydi.

Maxsus jamğarmaga soliq töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun moliyaviy sanksiyalar va ma'muriy huquqbuzarlik uçun jarimalar summasidan ajratmalar miqdori 25 foizdan 40 foizga oşirilsin, bunda qöşimça tuşadigan mablağlar xodimlarni şaxsiy mukofotlaşga maqsadli yönaltiriladi.