Iyun oyida Soliq qömitasi kartadan kartaga pul ötkazmalarini nazoratga olişga doir navbatdagi qaror loyihasini muhokamaga qöygan edi. Unda şaxsiy bank kartasiga boşqa jismoniy şaxslardan oyiga 500 BHM (206 mln söm)dan ortiq mablağ kelib tuşgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar soliq organiga taqdim etib borilişi közda tutilgan.
Rasmiy portalda öz fikrini qoldirgan köplab özbekistonliklar loyihaga qarşi ekanini bildirgan.
Keyinroq Markaziy bank raisi örinbosari Abrorxöja Turdaliyev Kursiv naşriga bergan izohida taklif etilayotgan tartibni Konstitutsiyaga zid deb hisoblaşini ma’lum qildi.
Turdaliyevga köra, bu hujjat loyihasi tasdiqlangan taqdirda, fuqarolarning Konstitutsiya bilan kafolatlangan bank siriga oid huquqlari buzilişiga, naqd puldan foydalanişning köpayişiga, mablağlarning bank tizimidan norasmiy muomalaga çiqib ketişiga va yaşirin iqtisodiyot kölamining ortişiga olib kelişi mumkin.
Bunga javoban Soliq qömitasi bayonot bilan çiqib, Markaziy bankning pozitsiyasini hurmat qilişi, lekin taklif etilayotgan loyiha fuqarolarning şaxsiy ötkazmalari ustidan ommaviy nazorat örnatişni anglatmasligini ta’kidladi.
Kun.uz mavzuning huquqiy va iqtisodiy jihatlarini soliq maslahatçilari Dilmurod Usmonov va Yorqin Abdullayev bilan muhokama qildi.
“Ayrim tadbirkorlarni deb mutlaq hammaning kartasini nazorat qiliş qançalik töğri?”
Yorqin Abdullayev: Markaziy bank özining pozitsiyasini bildirganida, Konstitutsiyaning 41-moddasiga urğu berdi. Unda har bir şaxs mulkdor bölişiga haqli, bank operatsiyalarining va omonatlar, hisobvaraqlarning sir tutilişi, şuningdek, meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi, deyilgan. Bu yerda Markaziy bank nazorat qiluvçi organ va u ertaga bank mijozlarining banklarga bölgan işonçsizligi ortib borişini xohlamaydi.
Soliq qömitasi esa “Bank siri töğrisida”gi qonunning 11-moddasiga asoslanyapti. Bu moddada bank sirini taşkil etuvçi ma’lumotlar bank mijoziga soliq soliş masalalariga taalluqli hollarda qonunçilikka muvofiq soliq organiga taqdim etilişi belgilangan.
Hozir, masalan, qarz oldi-berdi masalalari naqd pul şaklida emas, kartadan kartaga pul ötkaziş orqali amalga oşirilişi ommalaşib boryapti. Biror tanişingizdan pul sörasangiz, u sanoqli daqiqalar içida pul ötkazib berişi mumkin...
Töğri, savdo sohasi, umumiy ovqatlaniş yoki xizmat körsatiş sohasidagi ayrim tadbirkorlar savdo qoidalarini buzib, pulni kartasiga tuşirib oladigan holatlar bor, lekin şu sabab bilangina barça bank mijozlarining kartalarini nazorat qiliş qançalik töğri? Ertaga buni nazorat qilib, soliq organining xodimiga röyxat berib, mana bunga telefon qilib çiqasan, xat berasan desa, xodim şu iş bilan kun böyi şuğullansa, u öz işi bilan şuğullanadimi yoki P2Pni nazorat qiladimi? Odamlar qanday isbotlaydi bu qarz, hadya yoki boşqa maqsaddagi ötkazma ekanini?
Soliq kodeksiga köra, soliq organida tölanmagan soliqlar böyiça 3 yilgaça davr içida da’vo qiliş huquqi bor. Soliq tölovçi ötib ketgan davrdagi ötkazmalarni nega amalga oşirganini, uning kartasiga kim, qaysi maqsadda pul ötkazganini unutib yuborgan bölsa, eslay olmasa-çi? Bu holatlar çuqur tahlil qilinişi kerak.
Dilmurod Usmonov: Şunaqa holatlar bölyapti: biznesini yuritadigan mijozimizning şaxsiy kabinetiga soliq organi tomonidan “jismoniy şaxsning plastik kartasiga köp miqdorda pul tuşgani” yuzasidan xabarnoma yuborilgan. Aniqladikki, plastik kartani töldiriş uçun deb tuşgan summa ham soliqqa tortiş bazasi deb qaralyapti. Misol uçun, plastik kartani töldiriş uçun deb ötkazilgan operatsiyalar ham xabarnomada körsatilib, bu ötkazma uçun jismoniy şaxslarning daromad soliği hisoblanadi, degan maqsadda xabarnoma yuborişyapti. Biz bu ötkazmaning asl maqsadini isbotlab berdik, soliq organi holatni körib çiqişini bildirdi, lekin hali yakuniy yeçim borasida javob berişgani yöq.
Agar bu narsa joriy qilinsa, fuqarolarning bank tizimiga bölgan işonçi yöqoladi. Bundan taşqari, odamlarda pulni plastik kartamga tuşirib, har xil joylarga borib savol-javob berib yurgandan köra, naqd pulda işlayman, degan fikr tuğiladi va bu yana yaşirin iqtisodiyotning kuçayişiga sabab böladi.
Suhbatni töliq holda video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.











