Navoiy şahridagi “Xursand” tantanalar uyida 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni viloyat bayram tadbiri nişonlandi. Bu haqda Viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda
Bayram dasturxoni atrofida taşkil etilgan tadbirda viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol iştiroki, matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasini rivojlantirişga qöşib kelayotgan munosib hissasi hamda kasb bayrami munosabati bilan bir guruh jurnalistlar viloyat hokimligining faxriy yorliği va rağbatlantiruvçi mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xususan, viloyat hokimligining faxriy yorliğiga sazovor bölgan 11 nafar jurnalistga 11 ta televizor tuhfa etildi.

— Endilikda şiddat bilan özgarayotgan zamon jurnalist oldiga ham ulkan mas'uliyat va vazifalarni qöymoqda, — deydi Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi muharriri Rahima Qaymoqova. — Bugun şunçaki yozib, yoritib bölmaydi. Jurnalistning fikri jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilişi kerak. Odamlarning dardu taşvişlari, ularni qiynayotgan muammolarni yorqin suratlarda yoritiş, jamiyatda fuqarolik pozitsiyasini şakllantiriş qalam ahlining eng asosiy vazifasiga aylanmoqda.
Muhtaram Yurtboşimizning matbuot va axborot sohasida boşqaruvni takomillaştiriş, jurnalistlar va yozuvçilar uyuşmalari faoliyatini yanada rivojlantiriş, ayniqsa, “Ilhom” fondi va Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalari universitetini taşkil etiş töğrisidagi farmon va qarorlari soha tarixidagi muhim qadamlardan biri böldi.

Navoiy matbuoti va jurnalistikasi xususida söz yuritar ekanmiz, avvalo, bu soha özining bir asrlik hayot yöli, boy tarixi bilan har jihatdan ibrat maktabidir.
Bugun viloyatda 42 ta ommaviy axborot vositalari, 80 dan ortiq matbaa-noşirlik sub'yektlari faoliyat körsatmoqda.


Navoiylik ijodkorlar orasida 2 nafar Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, 1 nafar Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, 4 nafar “Mehnat şuhrati” va “Döstlik” ordenlari nişondorlari, 4 nafar “Şuhrat” medali sovrindorlari faoliyat körsatib kelmoqda.
Şuningdek, soha fidoyilari orasida bir neça önlab “Oltin qalam” xalqaro milliy mukofoti, “Yilning eng faol jurnalisti”, “Eng uluğ, eng aziz”, “Jamiyat va men” singari nufuzli respublika tanlovlari ğoliblari mehnat qilmoqda.

Bayramda san'atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar va jozibali raqslar ijod ahli köngliga yanada zavq olib kirdi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimi, senator K.Tursunov iştirok etdi va sözga çiqdi.


Viloyat hokimligi Axborot xizmati.










