Monopol mahsulotlar röyxati va turlarini tubdan qisqartiriş hamda monopoliyaga qarşi tartibga solişning xalqaro prinsiplariga ötişni ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tovar bozorlarida monopoliyaga qarşi tartibga solişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori qabul qilindi.
Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga köra, mazkur qarorga muvofiq narxlarni davlat tomonidan tartibga soliş (deklaratsiya qiliş, tasdiqlaş, qat'iy belgilangan yoki çeklangan narxlarni (tariflarni) örnatiş, tartibga soluvçi koeffitsiyent, ustama va rentabellikning çegaralangan darajasi va narxni tartibga solişning boşqa usullari) faqat:
uşbu qarorga 2-ilovada keltirilgan tovarlarga (xizmatlarga) (Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari röyxati);
tabiiy monopoliya şaroitlarida işlab çiqariladigan tovarlarga (körsatiladigan xizmatlarga);
Özbekiston Respublikasi prezidentining qarorlarida narxlarini (tariflarini) tartibga soliş nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan amalga oşirilişi belgilab qöyildi.












