28 iyun kuni iş boşlagan Senatning ön beşinçi yalpi majlisida senatorlar işni yangi tahrirdagi “Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini körib çiqiş bilan davom ettirişdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, qonunning maqsadi – integratsiyalaşgan tadbirkorlik hamjamiyatini şakllantiriş va tadbirkorlik sub'yektlarining, ular birlaşmalarining davlat organlari bilan samarali hamkorligini ta'minlaş, şuningdek tadbirkorlik sub'yektlarini keng qamrab oliş va ularni tadbirkorlik hamjamiyatini şakllantiriş jarayoniga jalb qilişdir.
Qonunda umumiy qoidalar, Palataning vazifalari va funksiyalari, Palataning davlat organlari, boşqa organlar va taşkilotlar bilan hamkorligi, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekşirişlarda Palataning iştiroki, Palata faoliyatini taşkil etiş, Palataning xalqaro hamkorligi, nizolarni hal qiliş mexanizmi nazarda tutilgan.
Qonuning yangi tahririda tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qiliş hamda işbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxşilaş, tadbirkorlik faoliyatiga kömaklaşiş, davlat organlari, boşqa organlar va taşkilotlar bilan özaro hamkorlik qiliş, tadbirkorlik sub'yektlarini öqitiş va kadrlar tayyorlaş, taşqi iqtisodiy faoliyat va çet el investitsiyalarini jalb qiliş sohalaridagi Palataning funksiyalari mustahkamlab qöyilgan.
Senatorlar tomonidan ta'kidlanganidek, qonunning qabul qilinişi tadbirkorlik sub'yektlarini, ayniqsa ularning faoliyati qaror topayotgan davrda qöllab-quvvatlaşning samarali tizimini yaratişga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytirişga, jadal rivojlantirişga har tomonlama kömak berişga, ularning ustuvor rolini va daxlsizligini ta'minlaşga, respublika tumanlari va şaharlari aholisining tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilinişiga kömaklaşadi.
Ma'lumot uçun, qonun Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinişi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonini ijro etiş maqsadida işlab çiqilgan.











