Konferensiya Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida ötkaziladi. Unda 183 mamlakat, 15 xalqaro taşkilot vakillari hamda 50 ga yaqin doimiy kuzatuvçi iştirok etadi.

Tadbir doirasida oltita sessiya ötkazilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, “Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda parlamentlarning iştiroki” mavzusida maxsus oçiq sessiya taşkil etiladi.

Sönggi yillarda mamlakat parlament diplomatiyasini taşqi siyosatning muhim yönalişlaridan biri sifatida rivojlantirib, xorijiy parlamentlar va xalqaro parlament taşkilotlari bilan aloqalarni kengaytirmoqda.

Konferensiyaning Samarqandda ötkazilişi Özbekistonning xalqaro parlamentlararo muloqotdagi faolligi ortib borayotganini körsatadi.

Ayniqsa, yoş parlamentariylarning xalqaro muloqot maydonida birlaştirilişi dolzarb masalalarni yangi avlod vakillari nuqtayi nazaridan muhokama qiliş imkonini beradi. Inson huquqlari, adolat, barqaror rivojlaniş va parlamentlarning jamiyat oldidagi masʼuliyati kabi mavzular konferensiyaning asosiy kun tartibini taşkil etadi.