Özbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov öz xizmat majburiyatlarini namunali bajarib kelayotgan Mudofaa vazirligi qöşinlaridagi 30 yoşgaça bölgan muddatli harbiy xizmatçilar va kursantlarga 30 iyun – “Yoşlar kuni” munosabati bilan “Minnatdorçilik” e'lon qiliş töğrisidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şuningdek, Mudofaa vazirligi qöşinlarida şartnoma asosida harbiy xizmatni ötayotgan 30 yoşgaça bölgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidan bölgan harbiy xizmatçilar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
30 yoşgaça bölgan Qurolli Kuçlar işçi va xizmatçilari ham pul mukofoti bilan örnatilgan tartibda mukofotlanadi.
Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarda 30 iyun – Yoşlar kuni “Yoşlar – Özbekiston kelajagi” şiori ostida hamda yoş harbiy xizmatçilar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillarining faol iştirokida turli ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari, tanlov va musobaqalar, yoşlar sayli va aksiyalari, ekskursiya va madaniy tadbirlar taşkil etiladi.
“Yoşlar kuni” Özbekiston Respublikasining Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi hamda Özbekiston Respublikasining 2017 yil 25 avgustda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi yoşlari kunini belgilaş töğrisida”gi Qonuniga muvofiq “30 iyun – Yoşlar kuni” etib belgilangan.










