Joriy yilning 13 aprel kuni davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan hududlarda tumanlar (şaharlar) Adliya bölimlari taşkil etilib, ularning faoliyati yölga qöyildi.

Toşkent viloyatining tuman va şaharlaridagi Adliya bölimlari tomonidan ötgan davr mobaynida bir qator işlar amalga oşirildi.

Jumladan, Adliya bölimlarining Farmonda belgilangan asosiy vazifalaridan biri hisoblangan inson huquqlarini himoya qiliş böyiça jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş borasida zarur çora-tadbirlar körib borilmoqda.

Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati

Ta'kidlaş joizki, murojaatlarni joyida hal etiş maqsadida hududlarda fuqarolar iştirokida sayyor qabullar taşkil etişga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Ötgan davr mobaynida 300 ga yaqin sayyor qabullar taşkil etilib, jismoniy va yuridik şaxslarning 350 ta murojaatlari Adliya bölimlari tomonidan körib çiqildi. Şundan, 77 tasi qanoatlantirildi va fuqarolarning turli muammoli masalalari yuzasidan qabul qilingan 190 ta murojaatlar böyiça huquqiy tuşuntiriş berildi. Qolgan murojaatlar körib çiqiş jarayonida.

Misol uçun, Zangiota tumanida yaşovçi fuqaro O‘. Bazarbayev 5 iyun kuni Adliya bölimiga “Hamkorlik” uy-joy mulkdorlari şirkati tomonidan oylik iş haqi tölab berilmayotganligidan norozi bölib qilgan murojaati tuman Adliya bölim tomonidan körib çiqilib, fuqaroga tölanmagan 2 300 000 söm miqdoridagi oylik iş haqi töliq undirib berildi.

Şuningdek, Böstonliq tumanida yaşovçi fuqaro A. Raxmonov 20 iyun kuni Adliya bölimiga uy-joyi kadastr hujjatlarini 7 yildan buyon rasmiylaştirolmayotganligidan norozi bölib qilgan murojaati tuman Adliya bölimi tomonidan örganib çiqilib, Böstonliq tumani yer resurslari va köçmas mulk kadastri bölimida uy-joyi kadastr hujjatlari rasmiylaştirib berilişi ta'minlandi.

Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati

Bundan taşqari, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ijroçilarga yetkaziş maqsadida Adliya bölimlari tomonidan 500 dan ortiq huquqiy tarğibot tadbirlari ötkazildi.

Şu bilan birga, Toşkent viloyatining davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan mahallalarda uçraşuvlar ötkaziş va sayyor notarial xarakatlarni amalga oşiriş tizimli ravişda davom ettirilib, ötgan davr mobaynida 1 800 dan ortiq sayyor notarial xarakatlar amalga oşirildi.

Hurmatli fuqarolar buzilgan huquqlaringizni tiklaş böyiça hududiy Adliya bölimlariga murojaat qilişingiz mumkin.