Markaziy bank valyutani olib kiriş va olib çiqib ketiş tartibini soddalaştirişni rejalaştirmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e'lon qilingan «Valyutani tartibga soliş va valyuta nazorati töğrisida»gi prezident qarori loyihasida şu haqda aytiladi.

Yanvar oyidan boşlab jismoniy şaxslar deklaratsiyasiz mamlakatdan 2 ming dollargaça olib çiqib ketişlari mumkin, Markaziy bank bu bandni 5 ming dollar qilişni taklif etmoqda.

Hozirda alohida ruxsatnomasiz 5000 dollargaça bölgan valyuta olib çiqib ketiş mumkin. Markaziy bank buni 10 ming dollar qilişni, bundan ortiq bölgan summani olib kirişda töldirilgan bojxona deklaratsiyasi asosida, yoki olimpiada ğolib va sovrindorlari tomonidan, tasdiqlovçi hujjat bölganda olib çiqişga ruxsat berişni taklif etdi.

Bundan taşqari, jismoniy şaxslar-rezidentlarga xorijiy banklarda hisob oçiş va undan foydalanişga ruxsat beriş taklif etildi, hozir bu faqat çet elda böliş vaqti davrida amalga oşirilişi mumkin (faoliyat yakunida hisob yopilişi kerak).

Rezident-yuridik şaxslarga keladigan bölsak, ularga hisob raqamlarini erkin oçişga ruxsat berişni möljallanmagan, ammo bu band prezidentning biznesni liberallaştiriş böyiça qarori loyihasida bor edi, lekin yakuniy tahrirga kirmagan.

Şuningdek, repatriatsiya tartibini belgilaş taklif etilmoqda, unga muvofiq joriy xalqaro operatsiyalar böyiça söm va xorijiy valyuta repatriatsiyasi muddati norezidentning majburiyatlari yuzaga kelgan kundan boşlab 180 kundan oşmasligi kerak. Agar davr oşib ketgan bölsa, operatsiya kapital harakatlanişi bilan valyuta bitimi sifatida köriladi.

Loyihada körsatilişiça, Markaziy bank valyuta operatsiyalarini joriy qilingan kundan boşlab bir yilga vaqtinça töxtatib qöyişga haqli. Çeklovlar belgilangan muddat tugagandan söng, ular bekor qilingan hisoblanadi. Hozirda muddat yozilmagan.