2018 yil 8 iyun kuni xalq orasida «Şuhrat – Dombrabadskiy» (dömbirobodlik Şuhrat) nomi bilan tanilgan Nosirov Şuhratilla va uning akasi Nosirov Şavkatga nisbatan Toşkent şahri Çilonzor tumani IIB tomonidan Özbekiston JKning 145- (vijdon erkinligini buziş), 227-(hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş), 228- (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) va 165-(tovlamaçilik) moddalari böyiça jinoiy iş qözğatildi. Bundan közlangan maqsad aka-ukaning qonunga xilof işlari va faoliyatiga çek qöyişdan iborat bölgan.

Aka-uka Nosirovlar şu kunning özida içki işlar idoralari xodimlari tomonidan uşlangan. Ayni vaqtda ularga nisbatan jinoiy iş doirasida tergov işlari davom etmoqda.

Foto: Çilonzor tumani IIB

Ma'lum qilinişiça, 1990-yillar boşida Nosirov Şuhrat uyuşgan jinoiy guruh taşkil etgan. Bu guruh reket va boşqa zöravonliklarga tayangan jinoyatlarni sodir etiş bilan şuğullangan. U 1994 yili mavjud dalillar asosida 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Jazoni ijro etiş muassasasi tartibini buzganligi uçun 2 marta muddati uzaytirilgan, 2016 yil avgustida ozodlikka çiqarilgan edi.  

Ma'lum bölişiça, 2018 yil may oyidan e'tiboran aka-uka Dömbiroboddagi «Nosirxon» masjidi içki işlariga aralaşa boşlagan. Ular uşbu masjid ularning mulki ekanini rökaç qilişgan. Ular tahdid qiliş yöli bilan mazkur masjid xodimlaridan muhri, ştampi va barça hujjatlarini tortib olgan. Şundan söng, ular masjidning Özbekiston Musulmonlari idorasiga tegişli ekanini bildirmaydigan yangi noqonuniy muhr tayyorlab, undan foydalana boşlaşgan.

Bundan taşqari, aka-uka Nosirovlar masjid xodimlarini unga kelib ibodat qiluvçilar orasidan tanlagan holda mustaqil ravişda yangilab, ular orasiga  öz yaqinlarini ham kiritişgan. Masjid hay'ati raisi sifatida Şavkat Nosirov saylangan. U bevosita masjid faoliyatini boşqarişga kirişgan.

Masjid mutavalisi (hisobçi) sifatida aka-ukalarga böysinuvçi M.Haydarov iş olib borgan. Unga maoş tayinlanib, ÖMI va uning Toşkentdagi vakilligiga majburiy pul ötkazişni ma'n qilgan. Şu munosabat bilan masjidning moliyaviy faoliyati aka-uka Nosirovlar körsatmasi bilan olib borilgan.

Şu bilan birga, aka-ukalar ÖMI, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din işlari böyiça qömita hamda Adliya vazirligining roziligisiz masjid nomini «Nasrulloxon töra» nomiga özgartirişni rejalaştirişgan. Şuningdek, masjidga yondoş, jismoniy şaxslarga tegişli yer uçastkalarini egallab oliş yöli bilan masjid hududini kengaytiriş va uni ta'mirlaşni rejalaştirişgan.