Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar bilan ekstremizm tuşunçasi kengaytirildi, jazo çoralari kuçaytirildi.
Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçalarga köra, ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlarda iştirok etiş 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilandi.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçalarga köra, ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan, qirğin solişga yoki fuqarolarni zörlik bilan köçirib yuborişga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima çiqarişga qaratilgan materiallarni tayyorlaş yoki ularni tarqatiş maqsadida saqlaş, şuningdek ekstremistik, terrorçilik taşkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarkatiş yoxud namoyiş etiş maksadida tayyorlaş, saklaş huquqbuzarlik aşyosini musodara qilib, fuqarolarga BHM 50 baravaridan 100 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa - 100 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutkagaça muddatga maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi.
Şuningdek, qonun hujjatlaridagi “diniy ekstremizm” sözlari “ekstremizm” sözi bilan almaştirildi.











